Sport

Minnixanov oʻzbekistonlik sportchilarni Tataristonga musobaqaga taklif qildi

© Ministerstvo turizma i sportaDelegatsiya vo glave s Azizom Abduhakimovыm posetila Tataristan
Delegatsiya vo glave s Azizom Abduhakimovыm posetila Tataristan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.09.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Aziz Abduhakimov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Tataristonga tashrif buyurdi.
TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. Kecha, 9 sentyabr kuni Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov Qozon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari - Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovni qabul qildi.
Uchrashuvda Minnixanov Oʻzbekiston sportchilarini yaqin kelajakda Tataristonda boʻlib oʻtadigan sport musobaqalarida ishtirok etishga taklif qildi.
“Biz yirik sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha katta tajribaga egamiz. Yaqin yillarda Tataristonda qator yirik xalqaro sport tadbirlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Ularda oʻzbekistonlik ishtirokchilarni koʻrishdan juda xursand boʻlamiz”, - dedi Tatariston prezidenti.
Shuningdek, tomonlar Tatariston delegatsiyasining ushbu yilning iyul oyida Oʻzbekistonga uyushtirilgan tashrifini yodga olishdi va ikki respbulika orasidagi kzp tomonlama madaniy va iqtisodiy hamkorlik ildam rivojlanib borayotganini qayd etishdi.
“Bizning oʻzaro aloqalarimiz va qoʻshma loyihalarimiz Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan. Ikki mamlakat prezidentlari tomonlararo munosabatlarni yana-da rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratishda davom etish muhim deb hisoblaydilar”, - dedi Tatariston Respublikasi Prezidenti.
Vizit glavы Tatarstana Rustama Minnixanova v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston bilan savdo aylanmasini foizga emas, barobariga oshiramiz – Minnixanov
Aziz Abduhakimov, oʻz navbatida, Oʻzbekiston-Tatariston oʻrtasida turizm, madaniy meros va sport sohalarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish haqida soʻz yuritdi va bunda xalqaro tadbirlarning oʻrni nihoyatda muhim ekanini taʼkidladi.
© Ministerstvo turizma i sportaDelegatsiya vo glave s Azizom Abduhakimovыm posetila Tataristan
Delegatsiya vo glave s Azizom Abduhakimovыm posetila Tataristan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.09.2021
Delegatsiya vo glave s Azizom Abduhakimovыm posetila Tataristan
Yangiliklar lentasi
0