https://oz.sputniknews.uz/20210911/garb-2021-mashqlarida-ilk-bor-platform-m-jangovar-robotlari-qollanildi-20457631.html
“G‘arb-2021” mashqlarida ilk bor "Platform-M" jangovar robotlari qo‘llanildi
“G‘arb-2021” mashqlarida ilk bor "Platform-M" jangovar robotlari qo‘llanildi
Sputnik O‘zbekiston
Kaliningradda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Belarus o‘quv mashqlarida gusenitsali robot va uchuvchisiz apparatlardan keng foydalanildi. 11.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-11T16:05+0500
2021-09-11T16:05+0500
2023-04-05T18:34+0500
rossiya
harbiy texnika
rossiya mudofaa vaziri
taktik o‘quv mashg‘ulotlari
belarus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/1c/14644507_0:162:3067:1887_1920x0_80_0_0_d397d2c9c3212fbbae11c10e97f10b6c.jpg
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Rossiyaning eng g‘arbiy nuqtasi Kaliningrad viloyatida joylashgan “Pravdinskiy” poligonida bo‘lib o‘tgan “G‘arb-2021” harbiy o‘quv mashqlarida ilk bor granata otish moslamalari (granatomot) bilan qurollangan “Platform-M” hujumchi robot tizimlaridan foydalanildi, debe xabar qildi jurnalistlarga Rossiya Mudofaa vazirligi.Jangovar robotlardan minalashtirilgan hududlarda hamda razvedka maqsadlarida foydalanish mumkin.Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlari doirasida "Orlan" va "Forpost" uchuvchisiz apparatlari nishonga olish hamda zarba berish samaradorligini baholash, artilleriya va tank bo‘linmalarining zarbalarini aniqlashtirish va razvedka maqsadlarida foydalanildi.“Uchuvchisiz apparatlar nishonlarni qidirish vaqtini sezilarli qisqartirib, bir vaqtning o‘zida bir nechta maskirovka qilgan nishonlarni kuzatish imkonini berdi. Shu bilan birga, mashinalarning o‘zlarini ham sezdirmadi", - deyilgan xabarda."G‘arb-2021" harbiy o‘quv mashqlarida Rossiya va Belarusiya qurolli kuchlari birgalikda har ikki yilda o‘tkazib kelinmoqda. Kaliningraddagi mashg‘ulot 2021-yildagi yakuniy bosqich bo‘ldi.
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/1c/14644507_167:0:2898:2048_1920x0_80_0_0_03aa8fccaa35d93549dfa5a7a6b76e0c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, harbiy texnika, rossiya mudofaa vaziri, taktik o‘quv mashg‘ulotlari , belarus
rossiya, harbiy texnika, rossiya mudofaa vaziri, taktik o‘quv mashg‘ulotlari , belarus
“G‘arb-2021” mashqlarida ilk bor "Platform-M" jangovar robotlari qo‘llanildi
16:05 11.09.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Kaliningradda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Belarus o‘quv mashqlarida gusenitsali robot va uchuvchisiz apparatlardan keng foydalanildi.
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Rossiyaning eng g‘arbiy nuqtasi Kaliningrad viloyatida joylashgan “Pravdinskiy” poligonida bo‘lib o‘tgan “G‘arb-2021” harbiy o‘quv mashqlarida ilk bor granata otish moslamalari (granatomot) bilan qurollangan “Platform-M” hujumchi robot tizimlaridan foydalanildi, debe
xabar qildi jurnalistlarga Rossiya Mudofaa vazirligi.
"Shahar sharoitida shartli noqonuniy qurollangan tuzilmalarni yo‘q qilish hamda statsionar va ko‘chma nishonlarga zarba berish bo‘yicha qurolli kuchlar mashg‘ulotlari doirasida, moto-o‘qchi va desantchi bo‘linmalar “Platformadan-M” robotini masofadan turib zarba berish maqsadida foydalanishdi. Gusenitsali yurish qismi blan jihozlangan robot to‘rtta granatamot va Kalashnikov pulemoti bilan qurollangan", - deyiladi xabarda.
Jangovar robotlardan minalashtirilgan hududlarda hamda razvedka maqsadlarida foydalanish mumkin.
Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlari doirasida "Orlan" va "Forpost" uchuvchisiz apparatlari nishonga olish hamda zarba berish samaradorligini baholash, artilleriya va tank bo‘linmalarining zarbalarini aniqlashtirish va razvedka maqsadlarida foydalanildi.
“Uchuvchisiz apparatlar nishonlarni qidirish vaqtini sezilarli qisqartirib, bir vaqtning o‘zida bir nechta maskirovka qilgan nishonlarni kuzatish imkonini berdi. Shu bilan birga, mashinalarning o‘zlarini ham sezdirmadi", - deyilgan xabarda.
"G‘arb-2021" harbiy o‘quv mashqlarida Rossiya va Belarusiya qurolli kuchlari birgalikda har ikki yilda o‘tkazib kelinmoqda. Kaliningraddagi mashg‘ulot 2021-yildagi yakuniy bosqich bo‘ldi.