Qochqinlar ko‘p miqdorda kelsa oqimni ushlab qolish qiyin bo‘ladi - Rossiya elchisi

© Sputnik / ZiyaLager dlya afganskix bejensev v italyanskom gorode Avessano
Lager dlya afganskix bejensev v italyanskom gorode Avessano - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistondan qonchinlar bilan birga radikal g‘oyalar ham kirib kelishi mumkin. Bu borada chegara yordam bermaydi - Malginov
TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Bugungi kundagi vaziyatda Afg‘onistondan ehtimoliy qochqinlar oqimi muammosi Moskva va Toshkent kun tartibidagi asosiy masalalardan biridir. Ikki davlat vakillari ushbu masalani muntazam ravishda muhokama qilib kelishmoqda, deydi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov.

"Yangi xavflar - bu O‘zbekiston janubidagi mamlakat. U tomondan qochqinlar oqimi kelishi mumkin va chegaralar ancha shaffof bo‘lgani uchun bu masalani Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bir necha bor muhokama qilgan", - deydi Malginov.

Diplomat aytishiga ko‘ra, agar qochqinlar "to‘satdan va ko‘p miqdorda" kelsa, ularning oqimini ushlab qolishning deyarli imkoni bo‘lmaydi.
Shuningdek “xavfsizlik muammosi ham paydo bo‘lishi mumkin” va buni ham hisobga olish kerak.
"Hozircha Afg‘onistondagi vaziyat noaniqligicha qolmoqda va tashvishga solmoqda. U tomondan radikal g‘oyalar ham kirib kelishi mumkin. Bu borada esa chegara yordam bermaydi", - deydi elchi.
Eslatib o‘tamiz, Avgust oyining o‘rtalarida Tolibon* Qobulga shahri va prezident saroyini egallab hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Dushanba kuni Afg‘onistonning oxirgi 34-viloyati bo‘lgan Panjshirni hamqo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng ular o‘zlarining muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qilishdi. Hukumatni Tolibon*ning birinchi hukmronlik davrida tashqi ishlar vaziri bo‘lgan va BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan Muhammad Hasan Oxund boshqaradi.
*Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi guruh.
Yangiliklar lentasi
0