Jamiyat

UzAirways Toshkent-Bishkek yoʻnalishidagi parvozlar sonini koʻpaytirmoqda

© SputnikV aeroportu Tashkenta otkrыlsya novыy zal vыleta
V aeroportu Tashkenta otkrыlsya novыy zal vыleta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Toshkent-Bishkek-Toshkent yoʻnalishida muntazam parvozlarni haftasiga uch martagacha koʻpaytiriladi.
TOSHKENT, 9 sen – Sputnik. 11 sentyabrdan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent-Bishkek-Toshkent yoʻnalishida muntazam parvozlarni haftasiga uch martagacha koʻpaytiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Parvozlar haftaning dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Parvozlar jadvali:
Dushanba – HY 777: Toshkentdan uchish 15:50, Bishkekka yetib borish 18:00;
Payshanba – HY 779: Toshkentdan uchish 15:05, Bishkekka yetib borish 17:15;
Shanba – HY 779: Toshkentdan uchish 09:00, Bishkekka yetib borish 11:10.
Toshkent – Bishkek yoʻnalishidagi aviachiptalar 1 mln 229 ming 335 soʻmdan boshlanadi.
Toshkent – Bishkek – Toshkent yoʻnalishida aviachiptalar 2 mln 553 ming 830 soʻmdan boshlanadi.
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Jamiyat
Rossiya-Oʻzbekiston: parvozlar jadvali va narxi eʼlon qilindi
Yangiliklar lentasi
0