Toliblar Ahmad Shoh Mas’udning buzilgan qabr toshini tiklamoqchi - video

© Aleksandr Khrolenko Mavzoleĭ Axmada shax Masuda v Pandjsherskom ushelye
Mavzoleĭ Axmada shax Masuda v Pandjsherskom ushelye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Obuna bo‘lish
Toliblar Ahmad Shoh Mas’udning buzilgan qabr toshini tuzatish uchun Kobulga olib kelmoqchi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Tolibon* “Shimoliy alyans” rahbari Ahmad Shoh Mas’ud maqbarasidagi singan qabr toshini qayta tiklamoqchi. Bu haqda AfghanUrdu nashri Twitterdagi sahifasiga ma’lumot joylashtirildi.
Avvalroq Afg‘oniston IIV jangarilar tomonidan Mas’ud qabrining tahqirlanishi haqidagi bayonotni rad etdi.
 Axmad Shax Masud - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Toliblar Ahmad Shoh Mas’udning qabrini tahqirlashdi
Vazirlik vakillari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlar "feyk va fotoshop" ekanligini ta’kidlashdi. Radikallar buning isboti sifatida buzilmagan qabrning suratini ilova qilgan.
Keyinchalik Mas’ud maqbarasining hozirgi holatini aks etgan surat va videolar paydo bo‘ldi.
Kadrlardan ko‘rinib turibdiki, qabrda nafaqat oynali plita singan, balki qabr toshi ham buzilgan. Jangarilar toshni o‘lchash asbobi bilan o‘lchab, uni qanday tuzatish kerakligi haqida o‘ylamoqda.
AfghanUrdu nashri ma’lumotida qayd etilishicha, jangarilar Panjsherga hujum qilganda yodgorlikni vayron qilishgan. Ayni vaqtda harakat vakillari qabr toshini qayta tiklash uchun Kobulga olib ketmoqchi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
Yangiliklar lentasi
0