Ertaga O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishOsennyaya pogoda
Osennyaya pogoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2021
Obuna bo‘lish
Respublikaning shimoliy hududi va ayrim tog‘li zonalarda havo harorati +6 ... +8 darajagacha pasayishi, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
TOShKENT, 9 sen - Sputnik. Qoraqalpog‘iston gidrometerologiya xizmati xabariga ko‘ra, ertaga kechasi respublikaning ayrim hududlariga Qozog‘istondan o‘tayotgan antisiklon oqimi ta’siri ostiga tushishi mumkin.
Xususan, 10-sentabr kechasi Usturt platosi hududlarida havo harorati +6 darajagacha pasayish prognozi qilinmoqda.
Shuningdek, 10 sentabdan 11-sentabrga o‘tar kechasi Nukus shahrida havo harorati +8 darajagacha pasayadi.
Undan tashqari 10-sentabr kuni respublikaning juda baland tog‘li hududlarida yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Bunga sabab - shimol hududlarida Qozog‘iston markazidan o‘tayotgan sovuq antisiklon oqimining bir cheti ta’siridir, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0