Rossiya FVV rahbari Yevgeniy Zinichev o‘quv mashg‘ulot paytida fojiali tarzda halok bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishYevgeniy Zinichev
Yevgeniy Zinichev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Obuna bo‘lish
RF favqulodda vaziyatlar vaziri Yevgeniy Zinichev o‘quv mashg‘ulotda odamni qutqarish vaqtida fojiali tarzda halok bo‘ldi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. RF favqulodda vaziyatlar vaziri Yevgeniy Zinichev o‘quv mashg‘ulotda odamni qutqarish vaqtida fojiali tarzda halok bo‘ldi.
Yevgeniy Zinichev bilan birga operator ham halok bo‘ldi. RT bosh muharriri Margarita Simonyan yozishicha, operator sirpanib, jarlikdan tushib ketdi, Zinichev esa uning orqasidan suvga sakradi, ammo u tosh ustiga yiqilib, halok bo‘ldi.
"Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yevgeniy Zinichev Arktika zonasini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish bo‘yicha idoralararo mashg‘ulotlarga qatnashganida, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida fojiali tarzda vafot etganini chuqur qayg‘u bilan ma’lum qiladi", - deyilgan FVV xabarida.
Zinichev 1966-yil 18-avgustda Leningradda tug‘ilgan. Sankt-Peterburg biznes va huquq institutining iqtisodiyot fakulteti va moliya va kredit fakultetini tamomlagan. 2013-yilda u Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasida professional qayta tayyorgarlikdan o‘tdi.
1984-1986 yillarda SSSR Qurolli Kuchlarida Shimoliy flotda xizmat qilgan. 1987-2015 yillarda davlat xavfsizlik organlarida ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0