https://oz.sputniknews.uz/20210908/rahmon-dunyo-hamjamiyatining-afgoniston-muammolariga-bolgan-beparvoligini-tanqid-qildi-20418000.html
Rahmon dunyo hamjamiyatining Afg‘oniston muammolariga bo‘lgan beparvoligini tanqid qildi
Rahmon dunyo hamjamiyatining Afg‘oniston muammolariga bo‘lgan beparvoligini tanqid qildi
Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi keskin vaziyat Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlaridagi vaziyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. 08.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-08T16:55+0500
2021-09-08T16:55+0500
2021-09-08T16:57+0500
tojikiston
emomali rahmon
afg‘oniston
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/08/20417654_0:106:2048:1258_1920x0_80_0_0_4a0e9525f0bbdea63a45006c313736a8.jpg
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat mustaqilligining 30-yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda Afg‘onistondagi vaziyatga to‘xtaldi.Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi oy mobaynida Afg‘onistondagi vaziyat yanada murakkablashgan va foijali tus olgan va mintaqa va dunyo mamlakatlarining jiddiy xavotiriga sabab bo‘lgan.Rahmon qo‘shni mamlakatdagi beqarorlik va fojia chet el davlatlari aralashishining natijasi ekanini ta’kidladi.Tojikiston yetakchisi Afg‘onistondagi siyosiy muammolar va xavfsizlik masalalarini shoshilinch hal etish uchun hamma milliy ozchilik vakillari ishtirokida inklyuziv hukumat tuzish zarurligiga yana bir bir e’tibor qaratdi.U bunday beparvolik zo‘ravonlikning yanada o‘sishiga olib kelishini qo‘shimcha qildi.Shu bilan birga Rahmonning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi keskin vaziyat Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlaridagi vaziyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi.Tojikiston rahbari barcha xalqaro tashkilotlarni, mintaqa va jahon mamlakatlarini Afg‘onistondagi muammolarni hal etish va u yerda istiqomat qilayotgan barcha xalqlarning manfaatini inobatga olgan holda milliy yarashish hukumatini tuzish uchun zudlik bilan choralar ko‘rishga chaqirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20210902/tojikiston-iiv-mamlakat-afgon-qochoqlarini-qabul-qilishga-tayyor-emas-20339140.html
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/08/20417654_116:0:1933:1363_1920x0_80_0_0_a0033e8d469e5ea18bccf201b6b9e21e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tojikiston, emomali rahmon, afg‘oniston, dunyoda
tojikiston, emomali rahmon, afg‘oniston, dunyoda
Rahmon dunyo hamjamiyatining Afg‘oniston muammolariga bo‘lgan beparvoligini tanqid qildi
16:55 08.09.2021 (yangilandi: 16:57 08.09.2021) Tojikiston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi keskin vaziyat Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlaridagi vaziyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi.
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Tojikiston prezidenti
Emomali Rahmon mamlakat mustaqilligining 30-yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda
Afg‘onistondagi vaziyatga to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi oy mobaynida
Afg‘onistondagi vaziyat yanada murakkablashgan va foijali tus olgan va mintaqa va dunyo mamlakatlarining jiddiy xavotiriga sabab bo‘lgan.
Rahmon qo‘shni mamlakatdagi beqarorlik va fojia chet el davlatlari aralashishining natijasi ekanini ta’kidladi.
Tojikiston yetakchisi
Afg‘onistondagi siyosiy muammolar va xavfsizlik masalalarini shoshilinch hal etish uchun hamma milliy ozchilik vakillari ishtirokida inklyuziv hukumat tuzish zarurligiga yana bir bir e’tibor qaratdi.
Shuningdek, yana bir muhim narsani ta’kidlab o‘tmoqchimanki, dunyo hamjamiyati, jumladan, manfaatdor mamlakatlarning, afg‘on xalqini yuzaga kelgan muammolar bilan yolg‘iz qoldirishga ma’naviy haqqi yo‘q. Shu bois yana bir bor eslatmoqchimanki, bu mamlakatdagi murakkab va juda og‘ir vaziyat uning xalqi aybi bilan yuzaga kelmadi. Men barcha inson huquqlari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar sukut saqlayotgani va afg‘on xalqi haq-huquqini qo‘llash borasida biror bir tashabbus bildirmayotganidan hayratdaman.
Emomali Rahmon
Tojikiston prezidenti
U bunday beparvolik zo‘ravonlikning yanada o‘sishiga olib kelishini qo‘shimcha qildi.
Shu bilan birga
Rahmonning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi keskin vaziyat Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlaridagi vaziyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi.
Tojikiston rahbari barcha xalqaro tashkilotlarni, mintaqa va jahon mamlakatlarini Afg‘onistondagi muammolarni hal etish va u yerda istiqomat qilayotgan barcha xalqlarning manfaatini inobatga olgan holda milliy yarashish hukumatini tuzish uchun zudlik bilan choralar ko‘rishga chaqirdi.