Cho‘l hududlarida yangi yaylovlar tashkil etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPastbishe na uzbeksko-afganskoy granitse
Pastbishe na uzbeksko-afganskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Obuna bo‘lish
Joriy yildan e’tiboran yaylov chiptasi tashkil qilingan bo‘lib, bunda chorvador O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ro‘yxatida bo‘lgan yaylov yerlari xajmini onlayn kuzatishi hamda uni ijaraga olish imkoniga ega.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Bu yil iqlim noqulay kelganligi sababli chorva mollari ozuqasi tanqisligi ko‘pchilik chorvadorlarni o‘ylantirdi. Shu bois cho‘l hududlarida yaylov maydonlarini yaratish maqsadida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Chorvachilik xo‘jaligi bilan hamkorlikda yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi deya xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Tojikiston - O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi tashkil etilmoqda
Ma’lumki, bugungi kunda go‘sht mahsulotlarining 90 foizi, sut mahsulotlarining 50-60 foizi ozuqaga bog‘liq.
“O‘rmon xo‘jaligi tasarrufidagi 2,7 million gektarga yaqin yaylov hududlari Qorako‘lchilik va pillachilik qo‘mitasiga 0 balansda doimiy foydalanishga berildi. Bu chorva ozuqasi tanqisligiga olib kelishi mumkin degan xavotirni uyg‘otmasligi kerak”, - deydi O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqotlar instituti direktori Abdushukur Hamzayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, cho‘lda yaylov ozuqalarini ko‘paytirish, o‘simlik urug‘larini kichik aviatsiyalar orqali sepish ishlari allaqachon boshlangan. Bu yildan boshlab test rejimida yaylov chiptasi tashkil qilingan bo‘lib, bunda chorvador O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi ro‘yxatida bo‘lgan yaylov yerlari xajmini onlayn kuzatishi hamda uni ijaraga olish imkoniga ega. Yaylovlarni asalarichilik yo‘nalishiga esa ijarasiz bepul berish yo‘lga qo‘yilgan.
Avvalroq, qo‘mita Toshkentni yashil hududga aylantirish borasidagi rejalarini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0