Bosh muftiy lavozimiga nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda – O‘MI

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarovmechet Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa obshiy vid
mechet Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa obshiy vid - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi yangi muftiy nomzodi yuzasidan asossiz mish-mishlarni tarqatmaslikka chaqirdi.
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov vafotidan ko‘p o‘tmasdan ijtimoiy tarmoqlarda “Kim yangi muftiy bo‘ladi?” degan mazmundagi muhokamalar ko‘payib ketdi.
Har xil asossiz mulohazalar va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarga chek qo‘yish maqsadida mamlakat musulmonlari idorasi bu xabarlarga munosabat bildirdi.
“...ayrim ijtimoiy tarmoq yurituvchilari falon ulamo muftiy vazifasiga tayinlandi, degan mazmundagi asossiz axborotni tarqatib, aholini yolg‘on ma’lumotlar bilan chalg‘itayotgani kuzatilmoqda. Natijada shunday gap-so‘zlarni tarqatish orqali el-yurt hurmat qiladigan va ehtirom ko‘rsatadigan ulamolarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ham o‘tkazilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Idora fuqarolarni asl holat va mavjud vaziyatni bilmay turib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabarlarni tarqatishdan saqlanishga chaqirgan. Shuningdek, yolg‘on axborot tarqatish jurnalistik etikasiga ham, ijtimoiy tarmoq yuritish odobiga ham, din ta’limotiga ham zid ekanini ma’lum qilgan.
“O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ustavining tegishli bandiga asosan Diniy idora raisi, muftiy Ulamolar Kengashi yig‘ilishida besh yil muddatga saylanadi. Muftiy lavozimiga saylanayotgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, oliy diniy ma’lumotli, kamida o‘n yil O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida ishlagan, ulamolar hamda xalq orasida obro‘ va ishonch qozongan bo‘lishi lozim”, - deyilida O‘MI bayonotida.
Ta’kidlanishicha, ayni kunlarda muftiy lavozimiga munosib nomzodlarni atroflicha ko‘rib chiqish, mehnat faoliyatlarini o‘rganish, bilim salohiyatlarini mezonga solish, ish tajribalarini kuzatish va xalq orasidagi obro‘-e’tiborlariga baho berish ishlari olib borilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev posetil dom Usmonxona Alimova, virazil soboleznovaniya yego semye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Prezident muftiy Usmonxon Alimov xonadoniga borib, uning oilasiga ta’ziya bildirdi
Yangiliklar lentasi
0