https://oz.sputniknews.uz/20210908/bahrom-abduhalimov-adolat-partiyasidan-prezidentlikka-nomzod-sifatida-tasdiqlandi-20416956.html
Bahrom Abduhalimov “Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi
Bahrom Abduhalimov “Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
“Adolat” SDPdan nomzod Bahrom Abduhalimov bo‘lajak prezident saylovlarida “Adolat — hayotimizning bosh mezoni” shiori ostidagi ishtirok etadi. 08.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-08T15:51+0500
2021-09-08T15:51+0500
2021-09-08T15:51+0500
siyosat
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
bahrom abduhalimov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/05/19959009_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_b528912119d9871c8cbf7c97bcd74955.jpg
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. O‘zbekiston “Adolat”sotsial-demokratik 2021-yilgi prezident saylovlariga partiya rahbari Bahrom Abduhalimovni nomzod sifatida rasman tasdiqladi. Bu haqda partiyaning 8-sentabr kuni o‘tkazilgan X qurultoyida ma’lum qilindi.Bahrom Abduhalimov o‘z saylovoldi dasturining maqsad va vazifalari, ustuvor yo‘nalishlarini ma’lum qildi.Xususan, tabiiy boyliklar, jumladan, tabiiy gaz va elektr energiyasi avvalo xalqqa berilishi, ehtiyojdan ortig‘i esa chetga sotilishi yo‘lga qo‘yiladi.Shuningdek, Abduhalimovning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim tizimida kechayotgan tarqoqliklardan, qarama-qarshiliklardan voz kechish uchun Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirliklarini yagona – Ta’lim vazirligiga aylantirish maqsad qilingan.Ma’lumot uchun, Bahrom Abduhalimov 1959-yil 27-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1981 yil). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida kichik, katta ilmiy xodim, bo‘lim boshlig‘i, ilmiy kotib, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, direktor, O‘zbekiston prezidenti davlat maslahatchisi lavozimlarida ishlagan. Tarix fanlari doktori, Markaziy Osiyo tarixi va sharqshunoslik sohasidagi olim.U 2011—2020 yillarda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. 2020-yilning oktabrida "Adolat" SDP siyosiy kengashi raisi etib saylangan.
https://oz.sputniknews.uz/20210906/maqsuda-vorisova-prezidentlikka-nomzod-sifatida-tasdiqlandi-20380454.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/05/19959009_82:0:2813:2048_1920x0_80_0_0_f09e3e9003e4911aea57f344c6dca28d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021, bahrom abduhalimov
siyosat, o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021, bahrom abduhalimov
Bahrom Abduhalimov “Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi
“Adolat” SDPdan nomzod Bahrom Abduhalimov bo‘lajak prezident saylovlarida “Adolat — hayotimizning bosh mezoni” shiori ostidagi ishtirok etadi.
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. O‘zbekiston “Adolat”sotsial-demokratik 2021-yilgi prezident saylovlariga partiya rahbari Bahrom Abduhalimovni nomzod sifatida rasman tasdiqladi. Bu haqda partiyaning 8-sentabr kuni o‘tkazilgan X qurultoyida
ma’lum qilindi. Bahrom Abduhalimov o‘z saylovoldi dasturining maqsad va vazifalari, ustuvor yo‘nalishlarini ma’lum qildi.
Xususan, tabiiy boyliklar, jumladan, tabiiy gaz va elektr energiyasi avvalo xalqqa berilishi, ehtiyojdan ortig‘i esa chetga sotilishi yo‘lga qo‘yiladi.
“Biz bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga hozirgidek uch yoshidan emas, ikki yoshidan boshlab, hech qanday navbatlarsiz yuz foiz qamrab olamiz” – dedi u.
Shuningdek, Abduhalimovning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim tizimida kechayotgan tarqoqliklardan, qarama-qarshiliklardan voz kechish uchun Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirliklarini yagona – Ta’lim vazirligiga aylantirish maqsad qilingan.
Ma’lumot uchun, Bahrom Abduhalimov 1959-yil 27-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan (1981 yil). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida kichik, katta ilmiy xodim, bo‘lim boshlig‘i, ilmiy kotib, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, direktor, O‘zbekiston prezidenti davlat maslahatchisi lavozimlarida ishlagan. Tarix fanlari doktori, Markaziy Osiyo tarixi va sharqshunoslik sohasidagi olim.
U 2011—2020 yillarda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. 2020-yilning oktabrida "Adolat" SDP siyosiy kengashi raisi etib saylangan.