Yangi O‘zbekiston universitetiga kirish imtihonlarida DTM ishtirok etmadi

© SputnikSdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione "Bunyodkor"
Sdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Obuna bo‘lish
Yangi O‘zbekiston universiteti "Dunyoning eng yaxshi 100 universitetlari" reytingida 1-o‘rinda turadigan Massachusets texnologiya instituti bilan hamkorlik qiladi.
TOShKENT, 7 sent – Sputnik. Toshkent shahrida "Bunyodkor" stadioni hududida Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan Yangi O‘zbekiston universiteti uchun ilk marotaba qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Qayd etilishicha, Yangi O‘zbekiston universitetiga kirish imtihonlarining 1-bosqichida — jami 6000 dan ortiq abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan ikkinchi bosqichga 1213 nafar nomzod muvaffaqqiyatli o‘tib, test sinovlariga kirishi belgilangan. Jarayonga jami 3 soat vaqt ajratildi. Imtihonlar "Cambridge Assessment" tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan bo‘lib, unda yig‘ish mumkin bo‘lgan maksimal ball 60 ballni tashkil etadi.
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Yangi O‘zbekiston universiteti barcha bilimdon yoshlar uchun ochiq – Asadov
Test javoblarini tekshirishga ham ‘Cambridge Assessment’ tashkilotining o‘zi mas’ul bo‘ladi va bu jarayonlarga Davlat test markazi aralashmaydi. Savollar 10–11 sinf maktab darsliklari asosida tuzilgan. Imtihon natijalari sentabr oyining oxiriga qadar e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan. Qabul kvotasi esa 300 nafarni tashkil qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, Yangi O‘zbekiston universiteti o‘z yo‘nalishida "Dunyoning eng yaxshi 100 universitetlari" reytingida 1-o‘rinda turadigan Massachusets texnologiya instituti bilan hamkorlik qiladi.
Yangiliklar lentasi
0