Toshkent Paralimpiada qahramonlarini minnatdorlik bilan kutib oldi - video

Obuna bo‘lish
Tokio Paralimpiadasida 16 o‘rinni egallagan O‘zbekiston jamoasi vatanga 19ta mukofot bilan qaytishdi: 8ta oltin, 5ta kumush va 6ta bronza.
O‘zbekistonlik sportchilarning muvaffaqiyati kutilganidan ham ortiq bo‘ldi, asosiysi - sportchilar barcha qiyinchiliklarini yengib o‘tib o‘zlariga va butun dunyoga nimalarga qodir ekanliklarini namoyish qilishdi, deb o‘z mulohazalari bilan bo‘lishdi turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimov.
"Aksariyat uchun sport bilan shug‘ullanishning o‘zi bir yutuq. Bunday nufuzli musobaqada ishtirok etish esa - buyuk sharafdir. Shuning uchun ularning barchasi biz uchun qahramonlardir", - dedi vazir.
Tokio O‘yinlarida eng yorqin g‘alabalardan biriga erishgan sportchi Safiya Burxanova, ikki hafta davom etgan musobaqalar va bir necha soatlik parvozlardan so‘ng o‘yga qaytishdan juda mamnun ekanini qayd etdi.
Sportchilar Toshkent Xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi, ularga zarbop choponlar kiydirildi va tantalari kortej bilan Toshkent bo‘ylab aylantirildi.
Ushbu yorqin marosimni Sputnik muxbiri lavhalarida tomosha qilishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0