https://oz.sputniknews.uz/20210907/rossiya-toliblarni-tan-olish-borasida-hozircha-hech-qanday-qaror-qabul-qilmagan--peskov-20400157.html
Rossiya toliblarni tan olish borasida hozircha hech qanday qaror qabul qilmagan – Peskov
Rossiya toliblarni tan olish borasida hozircha hech qanday qaror qabul qilmagan – Peskov
Sputnik O‘zbekiston
Kreml vakili toliblarning Rossiya tomonini Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e’lon qilishda ishtirok etishga taklif etganiga munosabat bildirdi. 07.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-07T16:55+0500
2021-09-07T16:55+0500
2021-09-07T16:55+0500
rossiya
afg‘oniston
tolibon
dmitriy peskov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/07/20400109_0:169:3043:1880_1920x0_80_0_0_059bfdebecda325c7d57cf246b47d1c7.jpg
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Rossiya hozirda “Tolibon”* harakatini tan olish borasida hech qanday qaror qabul qilmagan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.Peskov Moskva uchun toliblar davridagi Kobuldagi siyosiy tizim ham tizimli, ham shaxsiy jihatdan qanday bo‘lishini anglash muhimligini ta’kidladi.6 sentabr kuni “Tolibon”* vakili Al Jazeera telekanaliga ular yangi afg‘on hukumati tarkibini e’lon qilishga bag‘ishlangan tadbirga Rossiya, Turkiya, Xitoy, Eron, Pokiston va Qatarni taklif qilishganini ma’lum qilgan edi.* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
https://oz.sputniknews.uz/20210907/toliblar-afgonistonning-yangi-hukumati-tarkibini-elon-qilishga-tayyor-20393186.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/07/20400109_155:0:2886:2048_1920x0_80_0_0_2b51e62f94b65f020f95aa96ec235fd0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, afg‘oniston, tolibon, dmitriy peskov
rossiya, afg‘oniston, tolibon, dmitriy peskov
Rossiya toliblarni tan olish borasida hozircha hech qanday qaror qabul qilmagan – Peskov
Kreml vakili toliblarning Rossiya tomonini Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e’lon qilishda ishtirok etishga taklif etganiga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Rossiya hozirda “Tolibon”* harakatini tan olish borasida hech qanday qaror qabul qilmagan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov
ma’lum qildi. “Bilasizmi, hozircha toliblarni tan olish borasida hech qanday qaror qabul qilinmagan. Qolaversa, siz ham bilasizki, haqiqatdan u yerda nimalar sodir bo‘layotganini diqqat bilan kuzatapmiz. Asosiysi esa biz hozircha toliblarning va’dalari, ularning bayonotlari qanchalik ularning kelgusidagi xatti-harakatlariga mos kelishini tushunishga urinyapmiz”, - deya javob berdi Peskov toliblarning Rossiya tomonini Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e’lon qilishda ishtirok etishga taklif etgani haqidagi savolga.
Peskov Moskva uchun toliblar davridagi Kobuldagi siyosiy tizim ham tizimli, ham shaxsiy jihatdan qanday bo‘lishini anglash muhimligini ta’kidladi.
6 sentabr kuni “Tolibon”* vakili
Al Jazeera telekanaliga ular yangi afg‘on hukumati tarkibini e’lon qilishga bag‘ishlangan tadbirga Rossiya, Turkiya, Xitoy, Eron, Pokiston va Qatarni taklif qilishganini ma’lum qilgan edi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti