Markaziy Osiyo uchun bo‘lajak pedagogik xab: Toshkentda Gersen universiteti filiali ish boshladi

© SputnikOtkritie filiala RGPU im. Gersena v Tashkente
Otkritie filiala RGPU im. Gersena v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Obuna bo‘lish
Filial uchun birinchi o‘quv yilida 405 talaba o‘qishga qabul qilingan. Ular sakkizta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassis bo‘lib yetishadi.
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Anna Jelixovskaya. A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining (RDPU) Toshkent shahridagi filiali ilk talabalarini qabul qildi. Bo‘lajak pedagoglarni o‘quv yili boshlanishi bilan Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov, A.I.Gersen nomidagi RDPU rektori vazifasini bajaruvchi Vasiliy Rabosh, RF prezidenti administratsiyasi vakili Aleksey Vlasov, RF Ta’lim vazirligining vakli Andrey Efremov hamda O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin tabriklashdi.
© SputnikPochetnie gosti na otkritii filiala RGPU im. Gersena v Tashkente
Pochetnie gosti na otkritii filiala RGPU im. Gersena v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Pochetnie gosti na otkritii filiala RGPU im. Gersena v Tashkente
Gersen universitetining ta’lim darajasi va sifati, ilmiy maktablari va olimlarining mahorati xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lgan. Joriy yil iyunida dunyoning eng yaxshi universitetlari QS World University Rankings (QS) yillik reytingi chop qilindi, unga ilk bor A.I.Gersen nomidagi RDPU kiritildi.
© SputnikOtkritie filiala RGPU im. Gersena v Tashkente
Otkritie filiala RGPU im. Gersena v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Otkritie filiala RGPU im. Gersena v Tashkente
Rossiya pedagogika OTMlari orasidagi umumiy reytingda RDPU yetakligicha qolmoqda.
"O‘zbekistonda Rossiya OTMlarining 15 filiali faoliyat yuritmoqda, yana uchta ta’lim muassasalarini ochish rejalashtirilmoqda. Bunda respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xizmatlari katta. Kuni kecha u mamlakat mustaqilligining 30-yilligiga bag‘ishlangan nutqida O‘zbekiston kelajagi oliy ma’lumotli, kelajakka ishonadigan va ko‘radigan mutaxassislarni tayyorlashda ekanini ta’kidladi. Ko‘rib turibmizki, so‘zlar amalda ijro etilyapti. Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston hukumatini yosh avlod savodli, o‘qimishli va atrofda nimalar ro‘y berayotganini tushunuvchi bo‘lib o‘sishida hamisha qo‘llab-quvvatlaydi", - dedi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov.
Rossiyalik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, rus tili ulkan madaniyalar xazinasining kalitidir. Malginov ikki xalqni ko‘p narsa, xususan, ilmiy soha, birlashtirishi ta’kidladi. Axir rus tili olg‘a yurish, yangi bilim, ko‘nikma va kompetensiya olish imkoniyatini beradi. Bu RF va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar rivojlanishining muhim ko‘rsatgichidir. Oliygohlar ochilishi bu munosabatlarni yanada mustahkamlaydi.
“Yaqin kunlarda Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi kutilmoqda. Buning doirasida ikki tomonlama munosabatlarning olg‘a qarab rivojlanishining yangi dasturi belgilab olinadi. Shuningdek, bu oliy ta’limni rivojlantirish, rus tilini qo‘llab-quvvatlash, mutaxassislar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga taalluqli bo‘ladi”, - dedi elchi.
A.I.Gersen nomidagi RDPU rektori vazifasini bajaruvchi Vasiliy Rabosh mustaqil davlatlar hududida ilmiy-ta’lim maydonini yaratish mamlakatlarning zamonning qiyin vazifalarini hal etishda hamjihatlik va muvofiqligini mustahkamlashga ko‘maklashishini qayd etdi.
“A.I.Gersen nomidagi RDPU Yevroosiyo hududida xab yaratishda ko‘maklashishga va O‘zbekiston Respublikasi uchun pedagogika kadrlarini tayyorlashda yordam berishga tayyor. Bugun nodir mutaxassislarni tayyorlashning poydevori qo‘yildi”, - dedi Rabosh.
Shuningdek, u magistratura dasturlarini kelasi yil joriy etish rejalashtirilganini qo‘shimcha qildi. Qolaversa, oliy toifali kadrlarni tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Filialda talabalar sakkizta yo‘nalish bo‘yicha ta’lim olishadi. Maktabgacha ta’lim, inson va jamiyat psixologiyasi hamda rus tilini chet tili sifatida o‘qitish nazariyasi va metodikasi shudar jumlasidan.
Ta’lim beruvchi o‘qituvchilar asosiy rossiyalik mutaxassislar, biroq milliy kadrlar ham bor.
“Men A.I.Gersen nomidagi RDPU bituruvchisiman. Mutaxassisligim iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha o‘qituvchi. Bu oliygohni a’lo baholar bilan bitirdim va hamisha o‘qituvchi bo‘lishimni bilardim. Men u yerda aspiranturada o‘qiyotgan paytimda ishlashni boshladim. A.I.Gersen nomidagi RDPUning Toshkentdagi filialida o‘qituvchi bo‘lib ishlashni bilish hayajonli edi, axir biz shunday ahamiyatli OTMni boshqa mamlakatdagi vakillarimiz. Ta’limning iqtisodiy asoslaridan dars beraman. Talabalardan birinchi navbatda bilimga intilishni kutib qolaman”, - deydi Gersen nomidagi RDPU o‘qituvchisi Mariya Pertaya.
© SputnikOtkritie filiala RGPU im. Gersena v Tashkente
Otkritie filiala RGPU im. Gersena v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Otkritie filiala RGPU im. Gersena v Tashkente
Filologiya fanlari nomzodi, rus tili chet tili sifatida va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Yekaterina Ardatova ikkinchi marta O‘zbekistonga kelmoqda. U 30-yildan ziyod tajriba ega.
“Men dunyoning turli burchaklaridan bo‘lgan turli odamlar, turli yoshdagilar bilan ishladim. Bu tajriba O‘zbekistonda ham naf berishini juda xohlardim. Metodist sifatida men joriy yil bahorida “Zo‘r!” loyihasi doirasida Jizzax shahrida bo‘lgandim. U yerda mahalliy o‘qituvchilardan test olib, shunday muammoni aniqladik: keksa pedagoglar rus tilini ozod biladi va juda yaxshi natijalar ko‘rsatadi. Biroq yoshlar bilan ayrim muammolar bor. Biz bu qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun bor kuchimizni sarflaymiz. Men bu loyihaga bo‘lgan ijobiy munosabatni ko‘rdim, shu bois o‘qituvchi sifatida ishni bu yerda davom ettirishni xohladim”, - deydi pedagog.
Yekaterina Ardatovaning fikricha, rus tili O‘zbekistonda chet tili bo‘lib bormoqda, shuning uchun o‘qitishning yangi metodikasi lozim. Uning kafedrasi aynan shu ustida ish olib bormoqda.
© SputnikPervie studenti filiala RPGU im. Gersena v Tashkente
Pervie studenti filiala RPGU im. Gersena v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Pervie studenti filiala RPGU im. Gersena v Tashkente
2021-2022 yilgi o‘quv yilida 405 nafar talabani qabul qilish uchun kvota ajratilgan. Ulardan 81 nafari davlat budjeti, 324 nafari esa pulli-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan.
Yangiliklar lentasi
0