https://oz.sputniknews.uz/20210906/toliblar-afgon-xalqidan-namoyishlardan-voz-kechishni-soradi-20383229.html
Toliblar afg‘on xalqidan namoyishlardan voz kechishni so‘radi
Toliblar afg‘on xalqidan namoyishlardan voz kechishni so‘radi
Sputnik O‘zbekiston
"Tolibon"* harakati vakillari afg‘on xalqiga namoyishlardan voz kechishni tavsiya etdi 06.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-06T15:06+0500
2021-09-06T15:06+0500
2021-09-06T15:06+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/14/20160530_0:175:3018:1873_1920x0_80_0_0_b6af35d9e369e66ad8130dac95d49465.jpg
TOShKENT, 6 sen - Sputnik. Afg‘oniston aholisi norozilik namoyishlari va mitinglar o‘tkazishlari kerak emas, sababi, mamlakat endigina inqirozdan chiqdi. Bu haqda toliblarning Twitterdagi akkauntida e’lon qilingan video-murojaatda "Tolibon"* harakati vakili Zabiulla Mujohid bayonot berdi."Biz hozirgina inqirozdan chiqdik, shu bois, erkaklar va ayollardan, shuningdek, aholining barcha qatlamidan bunday sharoitda namoyishlar o‘tkazmaslikni so‘raymiz", - deb aytgan Mujohid.Eslatib o‘tamiz, bir oz avval o‘tkazilgan matbuot-anjumanida toliblar yangi hukumatni shakllantirish borasida qaror qabul qilish jarayoni nihoyalangani, faqat texnik masalani hal qilish qolgani haqida xabar berishgan edi.Zabiulla Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonning yangi hukumati bir necha kundan so‘ng e’lon qilinadi, hozircha aniq sana aytilmayapti. Matbuot-anjumanida toliblar boshchiligidagi hokimiyat konstitutsiyasi haqida ham savol berilgan."Konstitutsiyaga keladigan bo‘lsak, shuni aytishim kerak-ki, tizim (hukumat) tasdiqlanishi bilan konstitutsiya ustida ish boshlanadi, u yoki qayta ko‘chiriladi, yoki bo‘lmasa unga o‘zgartishlar kiritiladi", - deb aytgan Mujohid bu savolga javoban.Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida "Tolibon"* jangarilari AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilishi fonida hukumat kuchlari pozitsiyalariga hujumga o‘tib, oy o‘rtalariga kelib, Qobulga kirib borishgan edi.Mamlakat prezidenti iste’fo berdi va mamlakatni tark etdi, toliblar esa mamlakatda urush tugaganini e’lon qilib, boshqaruvning yangi shakli tez orada aniqlashtirilishi haqida ma’lum qildilar.Shu vaqtgacha jangarilar taslim qilolmagan hudud - Panjsher provinsiyasi dushanba kuni toliblar tomonidan to‘liq egallab olingani haqida xabarlar tarqaldi.Ahmad Mas’ud boshchiligidagi mahalliy qarshilik harakati vakillari bu xabarni rad etmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210906/sobiq-afgoniston-vitse-prezidenti-amrullo-soleh-tojikistonga-qochdi---oav-20379378.html
https://oz.sputniknews.uz/20210906/toliblar-panjsher-viloyatini-egallab-olishganini-malum-qilishdi-20378493.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/14/20160530_144:0:2875:2048_1920x0_80_0_0_5c3b882d16beb4505ac2215d445bd824.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Toliblar afg‘on xalqidan namoyishlardan voz kechishni so‘radi
"Tolibon"* harakati vakillari afg‘on xalqiga namoyishlardan voz kechishni tavsiya etdi
TOShKENT, 6 sen - Sputnik. Afg‘oniston aholisi norozilik namoyishlari va mitinglar o‘tkazishlari kerak emas, sababi, mamlakat endigina inqirozdan chiqdi. Bu haqda toliblarning Twitterdagi akkauntida e’lon qilingan video-murojaatda "Tolibon"* harakati vakili Zabiulla Mujohid bayonot berdi.
"Biz hozirgina inqirozdan chiqdik, shu bois, erkaklar va ayollardan, shuningdek, aholining barcha qatlamidan bunday sharoitda namoyishlar o‘tkazmaslikni so‘raymiz", - deb aytgan Mujohid.
Eslatib o‘tamiz, bir oz avval o‘tkazilgan matbuot-anjumanida toliblar yangi hukumatni shakllantirish borasida qaror qabul qilish jarayoni nihoyalangani, faqat texnik masalani hal qilish qolgani haqida xabar berishgan edi.
Zabiulla Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonning yangi hukumati bir necha kundan so‘ng e’lon qilinadi, hozircha aniq sana aytilmayapti. Matbuot-anjumanida toliblar boshchiligidagi hokimiyat konstitutsiyasi haqida ham savol berilgan.
"Konstitutsiyaga keladigan bo‘lsak, shuni aytishim kerak-ki, tizim (hukumat) tasdiqlanishi bilan konstitutsiya ustida ish boshlanadi, u yoki qayta ko‘chiriladi, yoki bo‘lmasa unga o‘zgartishlar kiritiladi", - deb aytgan Mujohid bu savolga javoban.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida "Tolibon"* jangarilari AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilishi fonida hukumat kuchlari pozitsiyalariga hujumga o‘tib, oy o‘rtalariga kelib, Qobulga kirib borishgan edi.
Mamlakat prezidenti iste’fo berdi va mamlakatni tark etdi, toliblar esa mamlakatda urush tugaganini e’lon qilib, boshqaruvning yangi shakli tez orada aniqlashtirilishi haqida ma’lum qildilar.
Shu vaqtgacha jangarilar taslim qilolmagan hudud - Panjsher provinsiyasi dushanba kuni toliblar tomonidan to‘liq egallab olingani haqida xabarlar tarqaldi.
Ahmad Mas’ud boshchiligidagi mahalliy qarshilik harakati vakillari bu xabarni rad etmoqda.