O‘zbekistonda harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritilmoqda
13:41 06.09.2021 (yangilandi: 13:42 06.09.2021)
© AFP 2023 / Anvar Ilyasov/POOL Uzbekskiy pogranichnik na granitse s Afganistanom u goroda Termez
© AFP 2023 / Anvar Ilyasov/POOL
Obuna bo‘lish
Kiritilayotgan yangi o‘zgartishlarga ko‘ra, oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lgan chaqiruv yoshidagi fuqarolar ota-onalarning roziliklari bilan muddatli harbiy yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tashlari mumkin.
TOShKENT, 6 sen - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.
Joriy yil 27-avgust kuni O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston qonuni ko‘rib chiqildi va senatorlar tomonidan tasdiqlangan edi.
Mazkur Qonun quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z ichiga olgan:
Mazkur Qonun quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z ichiga olgan:
birinchidan, O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan ijroga kiritilgan “Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishning yangi tizimi joriy etildi.
Shunga asosan, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning 18, 20, 21, 38 va 46-moddalariga tegishli o‘zgartishlar kiritildi.
ikkinchidan, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasida, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan fuqarolarni 27 yoshga to‘lganlaridan keyin Qurolli Kuchlar rezerviga o‘tkazish belgilab qo‘yilgan.
Unga ko‘ra safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari oylik harbiy yig‘inlarni o‘tab, Vatanga qasamod qabul qilib, tegishli harbiy mutaxassislik hamda yetarli harbiy tayyorgarlikka ega bo‘lganlaridan so‘ng ham maqsadsiz ravishda 27 yoshga qadar SChR xizmatchilari hisobida turardilar.
Shu munosabat bilan Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar miqdorini oshirish, safarbarlik bo‘yicha va urush davrida tashkil etiladigan harbiy tuzilmalarni kerakli yosh mutaxassislar bilan to‘liq va sifatli butlash maqsadida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga o‘zgartish kiritildi, ya’ni safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari oylik harbiy yig‘inlarni o‘tab bo‘lganlaridan so‘ng yoshidan qat’iy nazar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari ro‘yxatidan chiqarilib, Qurolli Kuchlar rezerviga o‘tkaziladi.
uchinchidan, fuqarolarni birlamchi harbiy ro‘yxatga olish, harbiy xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash, dastlabki ravishda qo‘shin turlariga tayinlash maqsadida har yili aprel-may oylarida ta’lim muassasalarining bitiruvchi sinf o‘g‘il bolalarini chaqiruv uchastkalariga qayd etish ishlari amalga oshirilib kelinadi.
Bundan tashqari, yilning mazkur davrida fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olish, oliy harbiy ta’lim muassasalari va “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga saralash, shuningdek mazkur toifa fuqarolarini hamda oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan zaxiradagi ofitserlarni ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari o‘tkaziladi.
Mazkur tadbirlarning bir vaqtda o‘tkazilishi tibbiy komissiya shifokorlari hamda mudofaa ishlari bo‘limlari xodimlarining ish yuklamasini oshib ketishiga, bu esa o‘z navbatida chaqiruv uchastkalarida qayd etish ishlarini sifatli o‘tkazishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, ushbu davrda bitiruvchilarning bitiruv imtihonlariga tayyorgarlik jarayonlari ham olib boriladi.

Bayon etilganlar muammolarni bartaraf etish maqsadida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasiga o‘zgartish kiritildi, ya’ni fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish tadbirlari yilning aprel-may oylaridan yilning oktabr-noyabr oylariga o‘tkazildi.
to‘rtinchidan, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasida, mehnatga qobiliyatsiz, ya’ni nafaqada yoki nogiron bo‘lgan ota-onaning yolg‘iz o‘g‘li bo‘lsa, ularni boqishi lozim bo‘lgan mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa, ushbu chaqiriluvchi muddatli harbiy xizmatga chaqirilmasligi belgilab qo‘yilgan.

Unga ko‘ra bugungi kunda nafaqaga chiqqan fuqarolarning oilaviy-moddiy sharoitlari yaxshiligi, olayotgan nafaqasi o‘zlarining to‘liq ta’minoti uchun yetarli ekanligi, ularni boqish uchun hech qanday qiyinchiliklar yo‘qligi sabab, yolg‘iz o‘g‘lini muddatli harbiy xizmatga yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga yuborish orqali ularga kelajakda turli kuch tuzilmalarida shartnoma asosida xizmat qilish uchun imkoniyat yaratib berish yuzasidan murojaatlar soni ortib bormoqda.
Mazkur toifadagi fuqarolarga shart-sharoit yaratish, ya’ni ota-onalarning roziliklari bilan yolg‘iz o‘g‘il bo‘lgan chaqiruv yoshidagi fuqarolarga muddatli harbiy yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash imkoniyatini yaratib berish maqsadida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasiga o‘zgartish kiritildi, ya’ni oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lgan chaqiruv yoshidagi fuqarolar ota-onalarning roziliklari bilan muddatli harbiy yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tashlari mumkin.