https://oz.sputniknews.uz/20210906/ozbekiston-maktablarida-birinchi-qongiroq-jarang-sochdi-20378867.html
O‘zbekiston maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq jarang sochdi
O‘zbekiston maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq jarang sochdi
Sputnik O‘zbekiston
Bu yil maktablarning 1-sinfiga 600 mingga yaqin bola qadam qo‘ygan. 06.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-06T11:10+0500
2021-09-06T11:10+0500
2021-09-06T11:10+0500
jamiyat
maktab
xalq ta’limi vazirligi (xtv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/06/20378700_0:53:1280:773_1920x0_80_0_0_c2b5ec3fc2f79b9e772e43678f67ad29.jpg
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Bugun, 6-sentabr kuni, O‘zbekistondagi 10 083 ta umumta’lim maktabida an’anaviy shaklda darslar boshlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma’lum qilinishicha, bu yil maktablarning 1-sinfiga 600 mingga yaqin bola qadam qo‘ygan. Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirilgan.Joriy yilda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan bo‘lib, unda maktablarning ko‘zga ko‘ringan bitiruvchilari, tadbirkorlar hamda davlat idoralari rahbarlari ham ishtirok etgan.“Bilimlar kuni” maktablarda “Mustaqillik dars”lari bilan boshlanib, unda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida erishgan yutuqlari haqida o‘quvchilarga so‘zlab beriladi.Ma’lum sabablarga ko‘ra maktabga bora olmagan bolalar uchun parallel ravishda “Onlayn maktab” loyihasi doirasida MTRK telekanallari orqali ham uydan ta’lim olishga imkoniyat yaratilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210904/ozbekistonda-qizlar-maktabga-romol-va-doppida-borishlari-mumkin-20363659.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/06/20378700_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_4e59e5baeb94cb297407253df91472d3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, maktab, xalq ta’limi vazirligi (xtv)
jamiyat, maktab, xalq ta’limi vazirligi (xtv)
O‘zbekiston maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq jarang sochdi
Bu yil maktablarning 1-sinfiga 600 mingga yaqin bola qadam qo‘ygan.
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Bugun, 6-sentabr kuni, O‘zbekistondagi 10 083 ta umumta’lim maktabida an’anaviy shaklda darslar boshlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bu yil maktablarning 1-sinfiga 600 mingga yaqin bola qadam qo‘ygan. Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirilgan.
Joriy yilda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan bo‘lib, unda maktablarning ko‘zga ko‘ringan bitiruvchilari, tadbirkorlar hamda davlat idoralari rahbarlari ham ishtirok etgan.
“Bilimlar kuni” maktablarda “Mustaqillik dars”lari bilan boshlanib, unda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida erishgan yutuqlari haqida o‘quvchilarga so‘zlab beriladi.
Ma’lum sabablarga ko‘ra maktabga bora olmagan bolalar uchun parallel ravishda “Onlayn maktab” loyihasi doirasida MTRK telekanallari orqali ham uydan ta’lim olishga imkoniyat yaratilgan.