MDH o‘yinlarida o‘zbekistonliklar raqiblarini dog‘da qoldirishmoqda

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishPredstaviteli komandi Uzbekistana na seremoniya otkritiya I Igr SNG
Predstaviteli komandi Uzbekistana na seremoniya otkritiya I Igr SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
Obuna bo‘lish
Qozonda bo‘lib o‘tayotgan ilk MDH o‘yinlari doirasida O‘zbekiston terma jamoasi bir kunda 27 ta medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 6-sentabr – Sputnik. Rossiyaning Qozon shahrida o‘tkazilayotgan MDH o‘yinlarining navbatdagi kuni O‘zbekiston vakillari uchun juda omadli keldi. 5-sentabr dasturidagi bahslarda terma jamoa a’zolari 27 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Medallar boks va belbog‘li kurash bo‘yicha qo‘lga kiritildi. O‘zbekistonlik sportchilar har ikki sport turi bo‘yicha 7 tadan oltin medalga ega chiqishdi. Bundan tashqari, 12 ta kumush va 1 ta bronza medal delegatsiya hisobiga yozib qo‘yildi.
Bunday ulkan natijadan so‘ng O‘zbekiston vakillari jami 14 ta oltin, 14 ta kumush va 8 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Yangiliklar lentasi
0