Paralimpiada-2020: O‘zbekiston umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egalladi

© REUTERS / ATHIT PERAWONGMETHABobirjon Omonov of Uzbekistan reacts after winning gold and setting a new Paralympic record with the flag of Uzbekistan REUTERS/Athit Perawongmetha
Bobirjon Omonov of Uzbekistan reacts after winning gold and setting a new Paralympic record with the flag of Uzbekistan REUTERS/Athit Perawongmetha - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2021
Obuna bo‘lish
Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medalga sazovor bo‘lishdi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.
Ushbu Paralimpiya o‘yinlarida 48 nafar o‘zbekistonlik sportchi turli sport yo‘nalishlarida o‘z kuchlarini sinab ko‘rishdi.
O‘yinlar yakunlariga ko‘ra mamlakat jamoasi 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medalga sazovor bo‘ldi. Bu mamlakatning musobaqalarni umumjamoa hisobida 162 delegatsiya orasida 16-o‘rinda yakunlashiga imkon berdi.
Bu ko‘rsatkich Osiyo jamoalari (Xitoy, Yaponiya va Erondan so‘ng) va MDH (Rossiya, Ukraina va Ozarbayjondan keyin) mamlakatlari orasida to‘rtinchi. O‘zbekiston Markaziy Osiyo va Turkiy xalqlar orasida esa birinchi bo‘ldi
Hozir Tokio shahridagi Olimpiya stadionida musobaqaning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonlik paralimiadachilar Toshkentga ertaga qaytib keladi.
Yangiliklar lentasi
0