https://oz.sputniknews.uz/20210905/ozbekistonda-it-sohasi-boyicha-100-mingga-yaqin-mutaxassis-tayyorlanadi-20368265.html
O‘zbekistonda IT sohasi bo‘yicha 100 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanadi
O‘zbekistonda IT sohasi bo‘yicha 100 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “IT-bilimlarni rivojlantirish markazi” tashkil etiladi. 05.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-05T09:11+0500
2021-09-05T09:11+0500
2021-09-05T09:11+0500
jamiyat
talabalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1c/18953948_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_f0dec0c309940dde2a9d34471821c27e.jpg
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. “Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni maqsadli o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash va ularni keyinchalik ishga joylashtirish mexanizmi joriy etiladi.Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:Shunga ko‘ra, har yili 5-yil ichida mutaxassislarning sohada maqsadli tayyorlanishini va ularning startap-loyihalarini moliyalashtirishni tashkil etish uchun Markazga 50 mlrd so‘m miqdorida amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining yarmidan oshmagan holda qarz ajratiladi va u keyingi 5-yil ichida bosqichma-bosqich qaytariladi.Vazirlik va tashkilotlar ehtiyojidan kelib chiqib, Markaz tomonidan tanlangan ta’lim tashkilotlari o‘rtasida har yili belgilangan maqsadli parametrlar doirasida buyurtma shakllantiriladi.Ta’lim tashkilotlarida maqsadli o‘qish uchun 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi nomzod bo‘ladi.Nomzodlar Markaz tomonidan ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda tanlov asosida tanlanadi.Tanlab olingan nomzodlar (stipendiatlar) Markaz bilan ularning istiqboldagi daromadlarini ulush tarzida taqsimlash to‘g‘risidagi shartnomani (Income Share Agreement) tuzadi, unga ko‘ra axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida ularning o‘qishini to‘lashga maqsadli qarz taqdim etiladi.Stipendiatlar o‘qishni tugatgandan so‘ng maqsadli qarz va ushbu qarz bo‘yicha foizlarni qaytarishga majbur.
https://oz.sputniknews.uz/20201202/IT-tekhnologiyalar-talimni-anday-zgartirmoda-foto-15517168.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1c/18953948_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_33008c706e48b286ec9fe8c2e4077245.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, talabalar
O‘zbekistonda IT sohasi bo‘yicha 100 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanadi
Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “IT-bilimlarni rivojlantirish markazi” tashkil etiladi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. “Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat
qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni maqsadli o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash va ularni keyinchalik ishga joylashtirish mexanizmi joriy etiladi.
Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:
AT “Aloqabank” huzurida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida Venchur jamg‘armasi;
mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “IT-bilimlarni rivojlantirish markazi”.
Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida keyingi 5-yil ichida 100 minggacha yosh mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, ularni keyinchalik ishga joylashtirishda ko‘maklashish Markazning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, har yili 5-yil ichida mutaxassislarning sohada maqsadli tayyorlanishini va ularning startap-loyihalarini moliyalashtirishni tashkil etish uchun Markazga 50 mlrd so‘m miqdorida amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining yarmidan oshmagan holda qarz ajratiladi va u keyingi 5-yil ichida bosqichma-bosqich qaytariladi.
Vazirlik va tashkilotlar ehtiyojidan kelib chiqib, Markaz tomonidan tanlangan ta’lim tashkilotlari o‘rtasida har yili belgilangan maqsadli parametrlar doirasida buyurtma shakllantiriladi.
Ta’lim tashkilotlarida maqsadli o‘qish uchun 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi nomzod bo‘ladi.
Nomzodlar Markaz tomonidan ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda tanlov asosida tanlanadi.
Tanlab olingan nomzodlar (stipendiatlar) Markaz bilan ularning istiqboldagi daromadlarini ulush tarzida taqsimlash to‘g‘risidagi shartnomani (Income Share Agreement) tuzadi, unga ko‘ra axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida ularning o‘qishini to‘lashga maqsadli qarz taqdim etiladi.
Stipendiatlar o‘qishni tugatgandan so‘ng maqsadli qarz va ushbu qarz bo‘yicha foizlarni qaytarishga majbur.