Gvineyada davlat to‘ntarishini uyushtirishga urinishdi – OAV

© AFP 2023 / ISSOUF SANOGOArmiya Gvinei
Armiya Gvinei - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2021
Obuna bo‘lish
Gveniya poytaxti Konakri shahrida bir guruh harbiylar davlat to‘ntarishini uyushtirishga uringani aytilmoqda.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Yakshanba, 5-avgust kuni, Gvineyada davlat to‘ntarishini uyushtirishga urinishdi. Bu haqda “Jeune Afrique” jurnali xabar bermoqda.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, davlat to‘ntarishini uyushtirishga urinish ortida maxsus bo‘linma kuchlar guruhi qo‘mondoni Mamadi Dumbuya turibdi. U hozir mamlakat poytaxti Konakridagi prezident saroyi oldida turgan maxsus bo‘linmalarning bir qismiga tayanmoqda. Nashr suhbatdoshi yuzaga kelgan vaziyatni “jiddiy” deb atagan.
O‘z navbatida “Reuters” agentligi harbiylar qo‘llarida qurol bilan Gvineya poytaxti Konakri shahridagi prezident saroyi oldida turganini xabar qilmoqda. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Konakri shimolidan prezident saroyi joylangan shaharning janubi bo‘ylab olib boruvchi yagona trassa askarlar bilan berkitilgan.
Yuqori lavozimli amaldor agenlikka Gvineya prezidenti Alfa Konde sog‘-salomat ekanini bildirgan, biroq hodisa tafsilotlarini ochiqlamagan.
RIA Novosti manbasi Gvineya prezidentiga sodiq kuchlar Konakridagi isonda qatnashgan 25 harbiyni qo‘lga olganini ma’lum qilgan.
Agence France-Presse agentligi Konakrida otishma yuz berayotganini xabar qilgandi. Ko‘chalarni ko‘poab harbiylar bosgan. Askarlar yo‘lovchilardan zudlik bilan uylariga qaytishlari va o‘z uylarini tark etmasliklarini talab qilishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0