https://oz.sputniknews.uz/20210905/armi-2021-ozbekiston-oyinlarni-tarixiy-natija-bilan-yakunladi-20369111.html
ArMI-2021: O‘zbekiston o‘yinlarni tarixiy natija bilan yakunladi
ArMI-2021: O‘zbekiston o‘yinlarni tarixiy natija bilan yakunladi
Sputnik O‘zbekiston
Mazkur musobaqalar davomida jamoalar tomonidan jami 37 ta rekord natija qayd etilgan bo‘lib, shundan 10 tasi O‘zbekiston hisobiga yozildi. 05.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-05T10:16+0500
2021-09-05T10:16+0500
2021-09-05T10:16+0500
"armi-2021" - o‘zbekiston ishtiroki
mudofaa vazirligi
o‘zbekiston armiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/05/20369080_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_6925480597f5cfb0ea2c7fd5318ede97.jpg
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Yilning eng nufuzli xalqaro harbiy musobaqalaridan biri bo‘lmish VII Xalqaro armiya o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi ham munosib ishtirok etib, tarixiy natijalarni qayd etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.Kecha, 4-sentabr kuni, Rossiyaning Moskva viloyatida joylashgan “Patriot” bog‘ida musobaqaning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchi davlatlar jamoa a’zolari, harbiy delegatsiya vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.Joriy yilning 22-avgust kunidan 4-sentabriga qadar dunyoning 11 ta davlati hududida o‘tkazilgan musobaqalarda 42 ta davlatning jami 277 ta jamoasi qatnashdi. 5000 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar o‘zaro kuch sinashdi.O‘zbekiston jamoalari ham ushbu nufuzli musobaqalarning 24 yo‘nalishi bo‘yicha munosib ishtirok etdi.Xususan:Kumush medali:Bronza medali:RekordlarAytish kerakki, mazkur musoboqalar davomida jamoalar tomonidan jami 37 ta rekord natija qayd etilgan bo‘lib, shundan 10 tasi O‘zbekiston hisobiga yozildi.Xususan, “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasida o‘zbek harbiylari 3 ta rekord natijalarini yangiladi. Jumladan, kichik serjantlar Sanjar To‘qliyev, Abdumuxtor Abdug‘aniyev va Azimjon Ibragimovlar “Tog‘ to‘siqlar yo‘lagi” shartini 12 daqiqa 58 soniyada bajarib, rekord natija ko‘rsatgan bo‘lsa, “Muzli hududdan o‘tish” shartini ado etishda ham jamoa peshqadamlik qildi. O‘zbekistonliklar mazkur vazifani 11 daqiqayu 37 soniyada uddalab, rekordlar seriyasini davom ettirdi.“Sodiq do‘st” jamoasida serjant Ulug‘bek Nurillayev “300 metrlik to‘siqlarni xizmat itlari bilan o‘tish” shartida 1 daqiqa 13 soniya bilan bosib o‘tib, tengsiz ekanini amalda namoyon etdi hamda rekord o‘rnatdi.“Merganlar marrasi” musoboqasining “Yakka sinov” bellashuvida kichik serjant Fazliddin Kirgizov “Mo‘ljalga olish nuqtasini o‘zgartirib otish” mashqini 15 daqiqayu 6 soniyaga bajarib, yangi rekord natija ko‘rsatdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/05/20369080_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_f2dcf3fae14e93b4fc719aecd7bc7ebf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
"armi-2021" - o‘zbekiston ishtiroki, mudofaa vazirligi, o‘zbekiston armiyasi
"armi-2021" - o‘zbekiston ishtiroki, mudofaa vazirligi, o‘zbekiston armiyasi
ArMI-2021: O‘zbekiston o‘yinlarni tarixiy natija bilan yakunladi
Mazkur musobaqalar davomida jamoalar tomonidan jami 37 ta rekord natija qayd etilgan bo‘lib, shundan 10 tasi O‘zbekiston hisobiga yozildi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Yilning eng nufuzli xalqaro harbiy musobaqalaridan biri bo‘lmish VII Xalqaro armiya o‘yinlari o‘z
nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi ham munosib ishtirok etib, tarixiy natijalarni qayd etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Kecha, 4-sentabr kuni, Rossiyaning Moskva viloyatida joylashgan “Patriot” bog‘ida musobaqaning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchi davlatlar jamoa a’zolari, harbiy delegatsiya vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Joriy yilning
22 avgust kunidan 4-sentabriga qadar dunyoning 11 ta davlati hududida o‘tkazilgan musobaqalarda 42 ta davlatning jami 277 ta jamoasi qatnashdi. 5000 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar o‘zaro kuch sinashdi.
O‘zbekiston jamoalari ham ushbu nufuzli musobaqalarning 24 yo‘nalishi bo‘yicha munosib
ishtirok etdi.Ta’kidlash joizki, mazkur bellashuvlar davomida o‘zbekistonliklar 4 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Umumjamoa hisobida Rossiyadan keyin faxrli 2-o‘rinni egalladi.
“Sodiq do‘st” erkaklar jamoasi – 1 ta oltin;
“Sodiq do‘st” ayollar jamoasi – 1 ta oltin;
“Harbiy-tibbiy estafeta” jamoasi – 1 ta oltin;
“Dala oshxonasi” jamoasi – 1 ta oltin medallarni qo‘lga kiritdi.
“Qo‘shinlar razvedka a’lochisi”.
“Avtozirhli tank-texnika ustasi”;
Aytish kerakki, mazkur musoboqalar davomida jamoalar tomonidan jami 37 ta rekord natija qayd etilgan bo‘lib, shundan 10 tasi O‘zbekiston hisobiga yozildi.
Xususan, “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasida o‘zbek harbiylari 3 ta rekord natijalarini yangiladi.
Jumladan, kichik serjantlar Sanjar To‘qliyev, Abdumuxtor Abdug‘aniyev va Azimjon Ibragimovlar “Tog‘ to‘siqlar yo‘lagi” shartini 12 daqiqa 58 soniyada bajarib, rekord natija ko‘rsatgan bo‘lsa, “Muzli hududdan o‘tish” shartini ado etishda ham jamoa peshqadamlik qildi. O‘zbekistonliklar mazkur vazifani 11 daqiqayu 37 soniyada uddalab, rekordlar seriyasini davom ettirdi.
“Sodiq do‘st” jamoasida serjant Ulug‘bek Nurillayev “300 metrlik to‘siqlarni xizmat itlari bilan o‘tish” shartida 1 daqiqa 13 soniya bilan bosib o‘tib, tengsiz ekanini amalda namoyon etdi hamda rekord o‘rnatdi.
“Merganlar marrasi” musoboqasining “Yakka sinov” bellashuvida kichik serjant Fazliddin Kirgizov “Mo‘ljalga olish nuqtasini o‘zgartirib otish” mashqini 15 daqiqayu 6 soniyaga bajarib, yangi rekord natija ko‘rsatdi.