G‘alla hosili uchun minimal narx ma’lum qilindi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishUborka urojaya zernovix na polyax
Uborka urojaya zernovix na polyax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2021
Obuna bo‘lish
2022 yil kutilayotgan minimal narx 1 tonna g‘alla hosili uchun 2,5 mln so‘m bo‘lishi e’lon qilindi.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbeksiton fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi 2022-yil g‘alla uchun kutilayotgan minimal narxni e’lon qildi. Bu haqda AOKAning rasmiy telegram’ kanalida ma’lumot berildi.
Uborka zernovix. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2020
Qozog‘iston O‘zbekistonga g‘alla va un eksportini davom ettiradi
Ta’kidlanishicha kelgusi yil 1 tonna g‘alla hosili 2,5 mln so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu raqamlar Jahon bozori hamda mintaqaviy tovar birjalaridagi g‘alla xarid narxlari tahlil qilinib va mahalliy xarajatlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.
Mazkur minimal narx tavsiyaviy xarakteriga ega bo‘lib, g‘alla yetishtiruvchi va uni xarid qiluvchi subyektlar shartnomaviy munosabatlar doirasida g‘alla xarid narxlarini o‘zaro manfaatli kelishuv asosida mustaqil ravishda belgilaydilar.
Yangiliklar lentasi
0