https://oz.sputniknews.uz/20210903/toshkentda-fuqaro-boshi-bilan-iib-xodimiga-zarba-berdi-jinoyat-ishi-ochildi-20355393.html
Toshkentda fuqaro boshi bilan IIB xodimiga zarba berdi. Jinoyat ishi ochildi
Toshkentda fuqaro boshi bilan IIB xodimiga zarba berdi. Jinoyat ishi ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahri Yangihayot tumanida fuqaro ichki ishlar xodimiga boshi bilan zarba berdi. 03.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-03T17:36+0500
2021-09-03T17:36+0500
2021-09-03T17:36+0500
hodisalar
toshkent
iibb
ichki ishlar organi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/947/97/9479763_0:63:1201:738_1920x0_80_0_0_f420dcf1fb65e6c4a12c79d9cf3f6936.jpg
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Internet tarmog‘ida fuqarolar va ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokidagi holat videosi tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar qildi.28 avgust kuni Yangihayot tumani IIO FMB patrul-post xizmati xodimlari safdor Hikmatilla I. va Farxodjon X.lar Yangihayot tumani Sputnik 15 massividagi 12-son avtobus parki yaqinida tungi vaqtdagi piyoda patrullash davomida hatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgan ikki nafar fuqaro – 27 yoshli Tursunboy N. va 30 yoshli Ulug‘bek G.larni ko‘rib qolishdi. Xodimlar fuqarolarning yoniga kelib, o‘zlarini tanishtirgach, jamoat joyida niqobsiz yurish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishi haqida ogohlantirishdi. So‘ng fuqarolarning shaxslarini aniqlash maqsadida ular tuman IIO FMB ichki ishlar bo‘limiga taklif qilindilar.Ammo yigitlar bu iltimosga javoban qo‘pol tarzda qarshilik ko‘rsatib, xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysinmadilar. Tursunboy boshi bilan safdor Hikmatilla I.ning burun qismiga zarba berib, unga badan shikasti yetkazdi. Tursunboy va Ulug‘bekning voqea joyiga yetib kelgan patrul-post xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olinish jarayoni videoga tushib qolgan. Huquqbuzarlar IIBga, jabrlanuvchi esa – tibbiyot muassasiga yetkazildi.Mazkur fakt bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Yangihayot tumani prokuraturasiga yo‘naltirildi.Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Tursunboy N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (“Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210630/samarqandda-ogirlik-qilayotgan-erkak-iib-xodimiga-qarshilik-korsatib-unga-jarohat-etkazdi-19477313.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/947/97/9479763_66:0:1133:800_1920x0_80_0_0_faf8a263f2f1644c914496b22d92cf5e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , toshkent, iibb, ichki ishlar organi
hodisalar , toshkent, iibb, ichki ishlar organi
Toshkentda fuqaro boshi bilan IIB xodimiga zarba berdi. Jinoyat ishi ochildi
Toshkent shahri Yangihayot tumanida fuqaro ichki ishlar xodimiga boshi bilan zarba berdi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Internet tarmog‘ida fuqarolar va ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokidagi holat videosi tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent IIBB matbuot xizmati
xabar qildi.
28 avgust kuni Yangihayot tumani IIO FMB patrul-post xizmati xodimlari safdor Hikmatilla I. va Farxodjon X.lar Yangihayot tumani Sputnik 15 massividagi 12-son avtobus parki yaqinida tungi vaqtdagi piyoda patrullash davomida hatti-harakatlari bilan shubha uyg‘otgan ikki nafar fuqaro – 27 yoshli Tursunboy N. va 30 yoshli Ulug‘bek G.larni ko‘rib qolishdi. Xodimlar fuqarolarning yoniga kelib, o‘zlarini tanishtirgach, jamoat joyida niqobsiz yurish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishi haqida ogohlantirishdi. So‘ng fuqarolarning shaxslarini aniqlash maqsadida ular tuman IIO FMB ichki ishlar bo‘limiga taklif qilindilar.
Ammo yigitlar bu iltimosga javoban qo‘pol tarzda qarshilik ko‘rsatib, xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysinmadilar. Tursunboy boshi bilan safdor Hikmatilla I.ning burun qismiga zarba berib, unga badan shikasti yetkazdi. Tursunboy va Ulug‘bekning voqea joyiga yetib kelgan patrul-post xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olinish jarayoni videoga tushib qolgan. Huquqbuzarlar IIBga, jabrlanuvchi esa – tibbiyot muassasiga yetkazildi.
Mazkur fakt bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Yangihayot tumani prokuraturasiga yo‘naltirildi.
Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Tursunboy N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (“Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.