O‘zbekiston Tojikiston laboratoriyalari bergan PSR-test ma’lumotnomalarini tan olmayaptimi?

© SputnikGrajdane RT pitayutsya viexat cherez KPP Fatexabad (Oybek) v Mastchinskom rayone v storonu Tashkenta, chtobi potom viletet v Moskvu
Grajdane RT pitayutsya viexat cherez KPP Fatexabad (Oybek) v Mastchinskom rayone v storonu Tashkenta, chtobi potom viletet v Moskvu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2021
Obuna bo‘lish
Tojik-o‘zbek chegarasidan o‘tmoqchi bo‘lgan va avval COVID-19ga test topshirgan fuqarolar takroriy testdan o‘tishga majbur bo‘lmoqda - OAV.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Tojikiston laboratoriyalari tomonidan berilgan PSR-test natijalari qayd etilgan tibbiy ma’lumotnomalari O‘zbekiston chegara o‘tish joylarida tan olinmayapti, deb yozmoqda Sputnik Tojikiston.
Bu muammo bir oy davomida kuzatilmoqda.
Tojik-o‘zbek chegarasidan o‘tmoqchi bo‘lgan va avval COVID-19ga test topshirgan fuqarolar takroran testdan o‘tishga majbur bo‘lmoqda. Test narxi 120 ming so‘m.
Grajdane RT pitayutsya viexat cherez KPP Fatexabad (Oybek) v Mastchinskom rayone v storonu Tashkenta, chtobi potom viletet v Moskvu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
Tojikistonliklar Toshkent orqali Rossiyaga uchmoqda: sabablar
Tojikistonlik G‘afur Jamolov Sputnik Tojikistonga aytishicha, Toshkentdan Moskvaga uchish uchun So‘g‘d viloyati sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi tibbiy laboratoriyasida 120 somoniy to‘lab, kasallik yo‘qligi haqida ma’lumotnoma olgan.
Biroq O‘zbekistondagi Oybek nazorat-o‘tish punktida bu ma’lumotnoma tan olinmadi va u takroran tahlil topshirishga majbur bo‘ldi.
"Takroran testdan o‘tish uchun 120 ming so‘mni to‘lashga to‘g‘ri keldi, busiz chegaradan o‘tib bo‘lmadi", - deydi Jamolov.
Evakuatsiya v aeroportu Kabula - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
Tojikiston IIV: mamlakat afg‘on qochoqlarini qabul qilishga tayyor emas
Toshkent aeroporti orqali Rossiyaga borishni rejalashtirgan tojikistonliklar O‘zbekiston nazorat-o‘tish punktida koronavirusga testdan o‘tishi kerak.
So‘g‘d viloyati sanitariya-epidemiologiya departamenti direktori Taxmina Usmonovaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni avval tibbiy hujjatlarni tan olgandi, biroq bir oydan beri takroran tibbiy ko‘rikdan o‘tishni talab qilinmoqda.
"Nima uchun ular fuqarolarga berilgan testlarni tan olmayapti va yo‘lovchilarni takroran test topshirishga majbur qilayotgani bizga hozircha noma’lum. Chegaradagi bu muammodan xabardormiz va bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligiga xabar berganmiz", - deydi Usmonova.
Yangiliklar lentasi
0