https://oz.sputniknews.uz/20210902/mirziyoev-itb-boshqaruvchilar-kengashi-yigilishida-qurondan-iqtibos-keltirdi--20342663.html
Mirziyoyev ITB boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida Qur’ondan iqtibos keltirdi
Mirziyoyev ITB boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida Qur’ondan iqtibos keltirdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Islom taraqqiyot banki (ITB) boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida nutq so‘zlayotib, Qur’oni Karimning Sharh surasidan iqtibos keltirdi. 02.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-02T15:27+0500
2021-09-02T15:27+0500
2021-09-02T15:27+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
toshkent
islom taraqqiyot banki
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/1b/19426260_0:95:1300:826_1920x0_80_0_0_4a586cd1cfa69f4396a5edb292ebb2a0.jpg
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom taraqqiyot banki (ITB) boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda uning matbuot kotibi xabar berdi.Davlat rahbari o‘z nutqida bugun insoniyat koronavirus pandemiyasi sabab katta sinovlarni boshidan kechirayotgani qayd etdi. Davlatlar uning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini yengib o‘tish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish zarurligini hayotning o‘zi taqozo etmoqda.Uning so‘zlariga ko‘ra, jahon miqyosida hanuz davom etayotgan pandemiya – bu nafaqat katta sinov, balki hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga sharoit yaratadigan imkoniyat sifatida qabul qilinishi lozim.Prezident inqirozga qarshi ishlab chiqqan choralarni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlagani uchun Islom taraqqiyot bankiga minnatdorlik bildirib, buni yuksak qadrlashini aytdi.Bugungi kunga qadar bank tomonidan O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq va suv xo‘jaligi, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi hamda qishloq joylarda arzon uy-joylarni qurish uchun jami 2,5 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 30 ta yirik investitsiya loyihalari ma’qullangan.
https://oz.sputniknews.uz/20210902/shavkat-mirziyoev-islom-taraqqiyot-banki-prezidentini-qabul-qildi---tafsilotlar-20342129.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/1b/19426260_73:0:1225:864_1920x0_80_0_0_d49fc18bcf1e732844501a0ac476a8a0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, toshkent, islom taraqqiyot banki
siyosat, shavkat mirziyoyev, toshkent, islom taraqqiyot banki
Mirziyoyev ITB boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida Qur’ondan iqtibos keltirdi
Prezident Islom taraqqiyot banki (ITB) boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida nutq so‘zlayotib, Qur’oni Karimning Sharh surasidan iqtibos keltirdi.
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom taraqqiyot banki (ITB) boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda uning matbuot kotibi xabar berdi.
Davlat rahbari o‘z nutqida bugun insoniyat koronavirus pandemiyasi sabab katta sinovlarni boshidan kechirayotgani qayd etdi. Davlatlar uning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini yengib o‘tish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish zarurligini hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
“Kovid pandemiyasi biz faqat uzviy hamkorlik va o‘zaro ko‘maklashish orqali zamonaviy muammolarga qarshi tura olishimiz mumkinligini ko‘rsatdi. Darhaqiqat, Qur’oni Karimning Sharh surasida aytilganidek, “Mashaqqat ortida, albatta, yengillik bordir”, - dedi Mirziyoyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jahon miqyosida hanuz davom etayotgan pandemiya – bu nafaqat katta sinov, balki hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga sharoit yaratadigan imkoniyat sifatida qabul qilinishi lozim.
Prezident inqirozga qarshi ishlab chiqqan choralarni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlagani uchun Islom taraqqiyot bankiga minnatdorlik bildirib, buni yuksak qadrlashini aytdi.
Bugungi kunga qadar bank tomonidan O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq va suv xo‘jaligi, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi hamda qishloq joylarda arzon uy-joylarni qurish uchun jami 2,5 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 30 ta yirik investitsiya loyihalari ma’qullangan.