https://oz.sputniknews.uz/20210901/mirziyoev-bolgusi-saylovlar-yuksak-demokratik-mezonlar-asosida-otadi-deb-ishonaman-20320485.html
Mirziyoyev: bo‘lg‘usi saylovlar yuksak demokratik mezonlar asosida o‘tadi, deb ishonaman
Mirziyoyev: bo‘lg‘usi saylovlar yuksak demokratik mezonlar asosida o‘tadi, deb ishonaman
Sputnik O‘zbekiston
Prezident bu galgi prezident saylovlari ilk bor 2019-yilning 25-iyunida qabul qilingan Saylov kodeksi asosida bo‘lib o‘tishini ta’kidladi. 01.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-01T09:54+0500
2021-09-01T09:54+0500
2021-09-01T10:02+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/01/20319383_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_9d9c25f98069f549d389e4a99dd08591.jpg
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat mustaqilligining 30-yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlariga to‘xtaldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi besh yil mobaynida mamlakat milliy saylov qonunchiligida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Yangi O‘zbekistonda saylov qonunchiligini izchil takomillashtirish hamda saylovlarni o‘tkazish amaliyoti sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Bu galgi prezident saylovlari ilk bor 2019-yilning 25-iyunida qabul qilingan Saylov kodeksi asosida bo‘lib o‘tadi.Mirziyoyev bu saylov hamma uchun O‘zbekistonning kelgusi taraqqiyoti qanday yo‘ldan borishi, mamlakat kelajagi qanday barpo etilishi, degan hal qiluvchi savollarga javob beradigan g‘oyat muhim siyosiy tadbir ekanini ta’kidladi.Saylovda dunyoning 50 ga yaqin mamlakati hamda o‘nlab xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.Shu yil 24-oktabr kuni O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi prezident saylovida Ekologik partiyasi tomonidan prezidentlik saylovlarida Narzullo Oblomurodov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov, Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova, O‘zLiDeP tomonidan mamlakatning amaldagi rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzod sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210825/koronavirusdan-davolanayotganlar-bemorlar-saylovda-qanday-ovoz-beradi-20234916.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/01/20319383_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f9f81e31698b179cde9edd5b0071af17.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
siyosat, shavkat mirziyoyev, o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
Mirziyoyev: bo‘lg‘usi saylovlar yuksak demokratik mezonlar asosida o‘tadi, deb ishonaman
09:54 01.09.2021 (yangilandi: 10:02 01.09.2021) Prezident bu galgi prezident saylovlari ilk bor 2019-yilning 25-iyunida qabul qilingan Saylov kodeksi asosida bo‘lib o‘tishini ta’kidladi.
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat mustaqilligining 30-yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlariga to‘xtaldi, deb xabar qilmoqda
Sputnik muxbiri.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi besh yil mobaynida mamlakat milliy saylov qonunchiligida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Yangi O‘zbekistonda saylov qonunchiligini izchil takomillashtirish hamda saylovlarni o‘tkazish amaliyoti sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Bu galgi prezident saylovlari ilk bor 2019-yilning 25-iyunida qabul qilingan Saylov kodeksi asosida bo‘lib o‘tadi.
Mirziyoyev bu saylov hamma uchun O‘zbekistonning kelgusi taraqqiyoti qanday yo‘ldan borishi, mamlakat kelajagi qanday barpo etilishi, degan hal qiluvchi savollarga javob beradigan g‘oyat muhim siyosiy tadbir ekanini ta’kidladi.
Saylovda dunyoning 50 ga yaqin mamlakati hamda o‘nlab xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Shu ma’noda, bo‘lg‘usi saylovlar yuksak demokratik mezonlar asosida o‘tadi hamda yangi O‘zbekiston xalqining o‘sib borayotgan siyosiy tafakkurini, ijtimoiy faolligi va madaniy saviyasini yaqqol namoyon etadi, deb ishonaman
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti
Shu yil 24-oktabr kuni O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi prezident saylovida Ekologik partiyasi tomonidan prezidentlik saylovlarida
Narzullo Oblomurodov, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan
Bahrom Abduhalimov, "Milliy tiklanish" partiyasidan
Alisher Qodirov, Xalq demokratik partiyasidan
Maqsuda Vorisova, O‘zLiDeP tomonidan mamlakatning amaldagi rahbari
Shavkat Mirziyoyev nomzod sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.