Mirziyoyev: agar biz ta’limni o‘zgartirsak, inson o‘zgaradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Obuna bo‘lish
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, islohotlar natijasida joriy yilda maktabgacha ta’lim qamrovi 63 foizga yetkazildi.
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat mustaqilligining 30-yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida ta’lim tizimini takomillashtirish natijasida erishilgan yutuqlarga alohida to‘xtaldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Davlat rahbari uzluksiz ta’lim tizimi, xususan, maktabgacha ta’lim muassalari bundan 4-yil avval 5211 tani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda bu raqamlar 19 316 taga yetganini ma’lum qildi. Bunda asosan davlat xususiy sherikchilik mexanizmi hamda oilaviy bog‘chalarning tashkil etilishi samara berganligi ta’kidlandi.
“Agar biz ta’limni o‘zgartirsak, inson o‘zgaradi. Insonni o‘zgartirsak butun jamiyat o‘zgaradi”, - dedi prezident.
Islohotlar natijasida joriy yilda maktabgacha ta’lim qamrovi 63 foizga yetkazildi. 6 yosh toifasida esa bu raqamlar 75 foizni ko‘rsatmoqda.
Prezident joriy yilning 24-mayda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish masalasida yig‘ilish o‘tkazgan edi. Unda amalga oshirilgan ishlar ko‘lami keng bo‘lishiga qaramay bu hali yetarli emas ekanligi hamda 53 ta tumanda bog‘cha yetishmasligini aytib o‘tgan.
Shkolnie prinadlejnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2021
Erkak o‘qituvchilar, qayerdasiz?
Ushbu yig‘ilishda 53 ta tumanda 34 ming o‘rinli 2 mingta oilaviy bog‘cha tashkil etish choralari belgilangan. Bundan tashqari 2021-2022 yillarda 23 ta tumanning olis va chekka hududlarida 50 ta maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0