“Yangiariq” poligoni ikkinchi “tug‘ilgan kuni”ni nishonladi
“Yangiariq” poligoni ikkinchi “tug‘ilgan kuni”ni nishonladi
Sputnik O‘zbekiston
Xorazm viloyatidagi “Yangiariq” umumqo‘shin poligonida kapital qurilish ishlari yakunlandi va tantanali ravishda ochildi. 31.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
Jangovar va harbiy texnikalarni saqlashga mo‘ljallangan yangi jangovar texnikalar parki, radiatsion, kimoviy, biologik muhofaza, ekstremal sharoitda yashab qolish, muhandislik, artilleriya, havo hujumidan mudofaa, aloqachilar shaharchalari, ruhiy zo‘riqish va armiya biatloni yo‘laklari, 24 ta murakkab to‘siqlardan iborat bo‘lgan 1200 metrli razvedkachilar to‘siqli yo‘lagi qurildi.Barcha kuch va vositalarni boshqarish, hamkorlikdagi harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida zamonaviy dizayn va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 2 qavatli markaziy qo‘mondonlik punkti bunyod etildi.Asosiy qismi qo‘mli tepaliklardan iborat bo‘lgan poligon hududining 4,8 foizini tabiiy ko‘llar qamrab oladi. Shu bois, poligonda Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridan tashqari Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari bo‘linmalari tomonidan ham quruqlikda, ham suvda bajariladigan amaliy mashg‘ulotlarni olib borishga qo‘shimcha imkonmiyat mavjud.“Yangiariq” poligonida ham suvda, ham quruqlikda joylashgan 12 ta to‘siqli, 1200 metr uzunlikdagi jamoaviy ruhiy barqarorlikni shakllantirish yo‘lagining muqobili hali mamlakat poligonlaridan hech qaysida yo‘q. To‘siqli yo‘lakda jamoa bo‘lib harakat qilayotgan bo‘linmaning har bir a’zosi, huddiki zanjir xalqalaridek bir-birlariga dalda berib, jamoaviy jipslikni namoyish etishlari kerak. Yo‘lak to‘siqlarini yengib o‘tishda suv va balchiq qo‘shimcha murakkablik yaratib, harbiy xizmatchilardan kuchli jismoniy va ruhiy tayyorgarlikni talab qiladi.
Xorazm viloyati Harbiy-ma’muriy sektori hamda Mudofaa vazirligi ko‘magi bilan “Yangiariq” poligonida 27 ta harbiy va ijtimoiy obyektlarda to‘liq kapital ta’mirlash ishlari olib borilgan.
Xorazm viloyati Harbiy-ma’muriy sektori hamda Mudofaa vazirligi ko‘magi bilan “Yangiariq” poligonida 27 ta harbiy va ijtimoiy obyektlarda to‘liq kapital ta’mirlash ishlari olib borilgan.
Shahar va qishloq sharoitida yaqin jang olib borish shaharchasi, 10 ta amaliy o‘q otish yo‘nalishlaridan iborat bo‘lgan qo‘shinlar o‘q otish maydoni bor.
Shahar va qishloq sharoitida yaqin jang olib borish shaharchasi, 10 ta amaliy o‘q otish yo‘nalishlaridan iborat bo‘lgan qo‘shinlar o‘q otish maydoni bor.
Bo‘linmalari tomonidan ham quruqlikda, ham suvda bajariladigan amaliy mashg‘ulotlarni olib borishga qo‘shimcha imkonmiyat mavjud.
Jangovar va harbiy texnikalarni saqlashga mo‘ljallangan yangi jangovar texnikalar parki, radiatsion, kimoviy, biologik muhofaza, ekstremal sharoitda yashab qolish, muhandislik, artilleriya, havo hujumidan mudofaa, aloqachilar shaharchalari, ruhiy zo‘riqish va armiya biatloni yo‘laklari, 24 ta murakkab to‘siqlardan iborat bo‘lgan 1200 metrli razvedkachilar to‘siqli yo‘lagi qurildi.
Barcha kuch va vositalarni boshqarish, hamkorlikdagi harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida zamonaviy dizayn va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 2 qavatli markaziy qo‘mondonlik punkti bunyod etildi.
Asosiy qismi qo‘mli tepaliklardan iborat bo‘lgan poligon hududining 4,8 foizini tabiiy ko‘llar qamrab oladi. Shu bois, poligonda Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridan tashqari Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari bo‘linmalari tomonidan ham quruqlikda, ham suvda bajariladigan amaliy mashg‘ulotlarni olib borishga qo‘shimcha imkonmiyat mavjud.
“Yangiariq” poligonida ham suvda, ham quruqlikda joylashgan 12 ta to‘siqli, 1200 metr uzunlikdagi jamoaviy ruhiy barqarorlikni shakllantirish yo‘lagining muqobili hali mamlakat poligonlaridan hech qaysida yo‘q.
To‘siqli yo‘lakda jamoa bo‘lib harakat qilayotgan bo‘linmaning har bir a’zosi, huddiki zanjir xalqalaridek bir-birlariga dalda berib, jamoaviy jipslikni namoyish etishlari kerak. Yo‘lak to‘siqlarini yengib o‘tishda suv va balchiq qo‘shimcha murakkablik yaratib, harbiy xizmatchilardan kuchli jismoniy va ruhiy tayyorgarlikni talab qiladi.