Qator davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan qutlashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu
Prezident Shavkat Mirziyoyev razgovarivayet po telefonu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qator davlat yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qildi.
TOShKENT, 31 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni qator davlat yetakchilari bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon suhbat davomida Mirziyoyev va birodar O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 30-yilligi bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdi.
Seremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Mirziyoyev va Rahmon Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
Mirziyoyev va Rahmon Afg‘onistonda harbiy-siyosiy keskinlik kuchayishi bilan bog‘liq mintaqaviy masalalarga alohida to‘xtaldi. O‘zaro muvofiqlashuvni kuchaytirish va yaqin idoralararo aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, yetakchilar joriy yilning sentabr oyida Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar.
Abu-Dabi Amirligi valiahdi, BAA Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Muhammad Ol Nahayon suhbat davomida O‘zbekiston prezidenti va xalqini mamlakat mustaqilligining 30-yilligi bilan samimiy muborakbod etib, farovonlik, katta zafarlar va bardavom taraqqiyot tilaklarini izhor etdi.
Afg‘onistondagi vaziyat rivojlanishi yuzasidan fikr almashildi. Mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha faol muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.
Keyingi suhbat Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan bo‘ldi. Suhbat avvalida Belarus yetakchisi Mirziyoyev va ko‘p millatli xalqini mamlakat mustaqilligining 30-yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
Mirziyoyev , o‘z navbatida, Belarus prezidentini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan suhbatda davlat rahbarlari ikki mamlakat mustaqilligining 30-yilligi bilan bir birini dildan qutlab, birodar O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Flagi Uzbekistana i Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot fondi: Japarov bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida qonunni imzoladi
Shuningdek, ular mintaqa kun tartibidagi, shu jumladan qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar.
Shu kuni Mirziyoyevning Yevropa davlatlari yetakchilari bilan suhbati bo‘lib o‘tdi. Jumladan, O‘zbekiston rahbari Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi.
Makron O‘zbekiston mustaqilligining 30-yilligi bilan dildan qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tiladi.
Prezidentlar Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy ahvolning keskinlashishi ta’sirida mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi yuzasidan fikr almashdilar. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va almashinuvlarni faollashtirish muhim ekani ta’kidlandi.
Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer ham telefon orqali muloqotda Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqillikka erishganining 30-yilligi bilan samimiy tabrikladi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi muvaffaqiyatlar alohida qayd etildi.
Evakuirovannie iz Afganistana v samolete Airbus A400 VVS Germanii v Tashkente, Uzbekistan. Snimok sdelan 21-avgusta 2021 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2021
Germaniya Kobuldan Toshkent orqali ikki mingdan ziyod kishini evakuatsiya qildi
Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi. Frank-Valter Shtaynmayer fuqarolarning O‘zbekiston orqali tranzit yo‘li bilan evakuatsiya qilinishida ko‘rsatilgan katta yordam uchun yana bir bor tashakkur izhor etdi. Birgalikdagi insonparvarlik operatsiyalarini amalga oshirish uchun yaqin aloqalarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0