O‘zbek tili Afg‘onistonda rasmiy tillardan biri bo‘lib qoladi - TIV

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishSituatsiya u aeroporta Kabula
Situatsiya u aeroporta Kabula - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakilining “Tolibon” harakati rasmiy rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan suhbati chog‘ida ushbu axborotning haqiqatga zidligi ta’kidlandi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Shu kunlarda “tahlilchi” Anvar Nazir ijtimoiy tarmoqlarda “Tolibon”* harakati go‘yoki Afg‘oniston hududida maktab dasturidan o‘zbek tilini olib tashlagani haqidagi yangilikni joylashtirdi.
Predsedatel obyedineniya VETERAN Tal’at Muradov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2021
Afg‘on urushi veterani: amerikaliklar qurolni tashlab, qochib ketganini ko‘rib hayratda qoldim
Bundan kelib chiqqan holda, ushbu shaxs Afg‘onistonda Amir Temur, Shayboniyxon, Boborahim Mashrab, Mahmud G‘aznaviy, Abu Rayhon Beruniy merosining o‘rganilishi hamda navoiyshunoslikning ham ta’qiqlangani haqida xulosa qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakilining “Tolibon” harakati rasmiy rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan suhbati chog‘ida ushbu axborotning haqiqatga zidligi ta’kidlandi.
“Tolibon” vakili o‘zbek tili, pushtu va dari tillari bilan bir qatorda, bundan buyon ham Afg‘onistonning rasmiy tillaridan biri bo‘lib qolishini tasdiqladi. O‘zbek tilini o‘rganish va rivojlantirishga, toliblar rasmiy vakilining ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat yangi rahbariyati alohida e’tibor qaratadi.
Ba’zi bilimsiz “tahlilchi” va jurnalistlarning shubhali shov-shuvlar va “qaynoq fakt”lar ilinjida ochiqdan ochiq buzib ko‘rsatilgan va yolg‘on axborotlarni tarqatayotgani esa afsuslanarli holatdir”, - deyilgan bayonotda.
*Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati.
Yangiliklar lentasi
0