Islom rivojlanish banki prezidenti Toshkentga yetib keldi

© Press-slujba prezidenta TatarstanaMejdunarodniy aeroport Tashkenta
Mejdunarodniy aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 31 avg - Sputnik. Islom rivojlanish banki (IRB) prezidenti doktor Muhammad Al Josir 1-4 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan IRB guruhining yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi va bosh vazir o‘rinbosari, Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurkzoqov tomonidan qabul qilindi.
Toshkent 2021-yilning 9-avgustida IRB rahbari lavozimiga saylanganidan so‘ng doktor Al Josir tashrif buyurgan ilk shahardir.
Muhammad Al Josir tashrifining birinchi kunida Toshkentning tarixiy joylari - Oloy bozori, Hazrati Imom majmuasi va Amir Temur muzeyida bo‘lib va odamlar bilan muloqot qildi va o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, O‘zbekiston xalqining mehmondo‘stligi va mamlakat tarixiy merosini yuksak baholadi.
Predsedatel Goskomiteta po investitsiyam Uzbekistana Suxrob Xolmuradov i prezident IBR Bandar Xadjar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2018
Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga 1,3 milliard dollar taqdim etadi
D-r Al Josirning ta’kidlashicha, rivojlanishning insonga yo‘naltirilgan instituti sifatida, IRB kishilarni kambag‘allikdan xalos qiladigan, hukumatning o‘z fuqarolarini farovonligi yo‘lida salohiyatini mustahkamlash va milliy rejalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarga mo‘ljallangandir.
O‘zbekiston xalqi bilan o‘zaro faoliyatga sharh berar ekan, D-r Al Josir bunday dedi: "Rivojlanish xalqqa nisbatan va xalq uchun sodir bo‘ladi. Keyingi 46-yil mobaynida IRB iqtisodiy jihatdan hayotiy loyihalar orqali oddiy insonlarning hayotini yaxshilashga yo‘naltirildi. Odamlar bilan o‘zaro faoliyatim 2030-yilga borib O‘zbekistonni yuqori va o‘rta daromaddli sanoati rivojlangan mamlakatga aylantirish bo‘yicha istiqbolni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston hukumati bilan ishlash uchun qat’iyatimni mustahkamladi. IRB milliy ustuvor maqsadlarga katta e’tibor qaratadi", - dedi u.
Yangiliklar lentasi
0