https://oz.sputniknews.uz/20210830/paradzyudo-boyicha-ozbekiston-umumjamoa-hisobida-2-orinni-egalladi-20290016.html
Paradzudo bo‘yicha O‘zbekiston umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi
Paradzudo bo‘yicha O‘zbekiston umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi
Sputnik O‘zbekiston
Mamlakat paradzudochilari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. 30.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-30T10:51+0500
2021-08-30T10:51+0500
2021-08-30T11:11+0500
o‘zbekiston tokio-2020 xvi yozgi paralimpiya o‘yinlarida
dzudo
milliy olimpiya qo‘mitasi
tokio
tokio-2020 xvi yozgi paralimpiya o‘yinlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1e/20290790_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_e9b40ed3bdac13545c00326343217ba1.jpg
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Kecha, 29-avgust kuni, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida paradzudo dasturi o‘z nihoyasiga yetdi.O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashgan. Mamlakat paradzudochilari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Uchqun Quronboyev (-66 kg) va Feruz Sayidov (-73 kg) oltin medalga sazovor bo‘lgan holda Paralimpiya chempioni bo‘lgan. Dovurxon Karomatov (-81 kg) va Parvina Samandarova (-57 kg) kumush medalga ega chiqqan. Sharif Xalilov (-100 kg) va Nafisa Sheripboyeva (-63 kg) mamlakatga “bronza” taqdim etgan.Ta’kidlanishicha, paradzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga jami 12 nafar sportchi bilan yo‘l olgan edi. Shulardan 7 nafari erkaklar, 5 nafari ayollar.Tokio shahriga yetib borgach, 3 nafar paradzudochi – Lobar Xurramova, Sevinch Salayeva hamda Vasila Aliboyevada koronavirus aniqlandi va shu sababli ular musobaqada ishtirok eta olishmadi. Yana bir sportchi Shuhrat Boboyev bronza medali uchun bellashuvni davom ettirayotgan edi, biroq kutilmagan jarohat tufayli u ham kurashdan chiqdi. Shirin Sharipov esa hakamlar tomonidan raqibiga nisbatan qoidaga zid usulni qo‘llagani uchun chetlatildi.“Shunga qaramasdan, tatamida haqiqiy iroda namoyish eta olgan O‘zbekiston para dzudochilari umumjamoa hisobida Buyuk Britaniya, Eron va Braziliya kabi terma jamoalarni ortda qoldirishga erishdi”, - deyilgan xabarda.
https://oz.sputniknews.uz/20210825/tokio-paralimpiya-oyinlari-20232547.html
https://oz.sputniknews.uz/20210830/paralimpiada-2020-ozbekiston-yana-bitta-oltin-va-bronza-medalga-ega-chiqdi-20288325.html
tokio
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1e/20290790_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_c6a2661b77bdc147c6a6538db03918cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tokio-2020 xvi yozgi paralimpiya o‘yinlarida, dzudo, milliy olimpiya qo‘mitasi, tokio, tokio-2020 xvi yozgi paralimpiya o‘yinlari
o‘zbekiston tokio-2020 xvi yozgi paralimpiya o‘yinlarida, dzudo, milliy olimpiya qo‘mitasi, tokio, tokio-2020 xvi yozgi paralimpiya o‘yinlari
Paradzudo bo‘yicha O‘zbekiston umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi
10:51 30.08.2021 (yangilandi: 11:11 30.08.2021) Mamlakat paradzudochilari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Kecha, 29-avgust kuni, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida paradzudo dasturi o‘z nihoyasiga yetdi.
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi
xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashgan. Mamlakat paradzudochilari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
Uchqun Quronboyev (-66 kg) va
Feruz Sayidov (-73 kg) oltin medalga sazovor bo‘lgan holda Paralimpiya chempioni bo‘lgan.
Dovurxon Karomatov (-81 kg) va
Parvina Samandarova (-57 kg) kumush medalga ega chiqqan.
Sharif Xalilov (-100 kg) va
Nafisa Sheripboyeva (-63 kg) mamlakatga “bronza” taqdim etgan.
Ta’kidlanishicha, paradzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga jami
12 nafar sportchi bilan yo‘l olgan edi. Shulardan 7 nafari erkaklar, 5 nafari ayollar.
Tokio shahriga yetib borgach, 3 nafar paradzudochi – Lobar Xurramova, Sevinch Salayeva hamda Vasila Aliboyevada
koronavirus aniqlandi va shu sababli ular musobaqada ishtirok eta olishmadi. Yana bir sportchi Shuhrat Boboyev bronza medali uchun bellashuvni davom ettirayotgan edi, biroq kutilmagan jarohat tufayli u ham kurashdan chiqdi.
Shirin Sharipov esa hakamlar tomonidan raqibiga nisbatan qoidaga zid usulni qo‘llagani uchun chetlatildi.
“Shunga qaramasdan, tatamida haqiqiy iroda namoyish eta olgan O‘zbekiston para dzudochilari umumjamoa hisobida Buyuk Britaniya, Eron va Braziliya kabi terma jamoalarni ortda qoldirishga erishdi”, - deyilgan xabarda.