OAV: Jo Bayden Isroil bosh vaziri bilan muzokaralar vaqti uxlab qoldi — video

Obuna bo‘lish
Amerika yetakchisi yana jamoatchilik nishoni ostida qoldi. Bu safar - Isroil bosh vaziri Naftali Bennet bilan o‘tkazilgan matbuot-anjumani vaqtida yuz bergan noqulay holat tufayli.
Yetakchilar uchrashuv vaqtida amerika va isroil xalqi o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichini muhokama qilganlar.
Hammasi yaxshi kechayotgandek edi, Baydenning uxlab qolganini hisobga olmaganda. Harholda mahalliy OAVlar shunday xabar tarqatdilar.
Tarqatilgan kadrlarga ko‘ra, Oq uy rahbari qimirlamagan va ko‘zlari yumiq holda o‘tiribdi, bu vaqtda esa uning sherigi tinimsiz gapirishda davom etmoqda.
Bivshiy prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2021
Tramp Baydenni sharmandalarcha iste’foga chiqishga chaqirdi
Bayden rostdan ham uxlayotgandek taassurot uyg‘otdi. Bu bir daqiqacha davom etdi, deb yozadi Express nashri.
Ammo internet foydalanuvchilarining ayrimlari amerika yetakchisining yonini olishga shoshilgan. Ularga ko‘ra, internetda tarqatilgan video o‘ta past sifatda bo‘lgani uchun bunday deb ishonch bilan aytish mumkinmas.
C-SPAN teletarmog‘ining yuqori sifatli videosida Bayden uyg‘oqligini ko‘rish mumkin. U hatto qo‘llarini qimirlatib, ko‘zlarini pirpiratgan. So‘ngra, isroil bosh vaziri gapini tugatishi bilan, unga javob qaytargan.
Shunisi qiziq-ki, o‘z vaqtida Donald Tramp Bayden ommaviy tadbirlarda uxlab qolishi haqida hazil qilgan edi. Oq uy rahbari Trampdan hatto "Uyqusiragan Jo" laqabini olgan edi.
RF prezidenti Vladimir Putin, o‘z navbatida, "Baydenning Rossiya va Amerika matbuoti tomonidan chiziladigan surati haqiqatga mutlaqo mos emasligi" haqida gapirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0