Kuryer v Moskve. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Migratsiya

Moskvada ommaviy mushtlashgan migrantlarga qarshi jinoiy ish ochildi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka oʻtishMigalka
Migalka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.08.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya JKning bezorilik moddasi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Bu modda topilganlar yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.
TOSHKENT, 30 avg – Sputnik. Moskvaning Baumanskaya koʻchadasida yuz bergan ommaviy mushtlashuvdan soʻng jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Mazkur holat boʻyicha Rossiya JKning 213-moddasi 2-qismi (Bezorilik) bilan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Jinoiy ish yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Bu moddada aybdor deb topilganlar yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Draka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Rossiya
Migrantlar oʻrtasida yana ommaviy mushtlashuv: bittasi kasalxonada, toʻrt nafari hibsga olingan
Avvalroq Moskvadagi Baumanskaya koʻchasida Markaziy Osiy mamlakatlaridan boʻlgan shaxslar ommaviy mushtlashgani xabar qilingan edi. Politsiya boʻlimiga voqeaga aloqadorligini tekshirish uchun qariyb 50 kishi olib kelingan. Shulardan 15 nafariga nisbatan mayda bezorilik moddasi bilan bayonnoma tuzilgan, qolganlari bilan profilaktik suhbat oʻtkazilgan.
Bundan tashqari, shaxsan Rossiya Tergov qoʻmitasi raisi Aleksandr Bastrikin Moskva markazida migrantlar uyushtirgan ommaviy mushtlashuv yuzasidan tekshiruv oʻtkazishni topshirgan.
Yangiliklar lentasi
0