ArMI-2021: o‘zbekistonlik desantchilar “ta’qib poygasida” ikkinchi bo‘lishdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishKonkurs "Desantniy vzvod", arxivnoe foto
Konkurs Desantniy vzvod, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2021
Obuna bo‘lish
ArMI-2021 “Desant vzvodi” xalqaro musobaqasining uchinchi bosqichi Rossiyaning Razan viloyatidagi “Dubrovichi” poligonida bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik desantchilar ArMI-2021 “Desant vzvodi” xalqaro musobaqasining uchinchi bosqichi doirasida ta’qib poygasida ikkinchi bo‘lishdi.
Musobaqalar Rossiyaning Razan viloyatidagi “Dubrovichi” poligonida bo‘lib o‘tdi. Musoqaba doirasida jamoalar ekipajlari jangovar BMD-2 va BTR-82A mashinalarida o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi.
Avvaliga harbiylar 3,2 kilometr masofani tezlikda bosib o‘tishdi, keyin masofalardagi nishonlarni yakson qilishda kuch sinashishdi. Ular 600, 700, 800, 1300, 1400 va 1500metr masofadagi nishonlarni aniq mo‘ljalga olishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra birinchi o‘rin Rossiya, ikkinchi o‘rin esa O‘zbekiston jamoasiga nasib etdi. Belarus harbiylari uchinchi bo‘lishdi.
Yangiliklar lentasi
0