https://oz.sputniknews.uz/20210828/ozbekiston-tiv-kobuldagi-teraktlar-yuzasidan-bayonot-berdi-20272075.html
O‘zbekiston TIV Kobuldagi teraktlar yuzasidan bayonot berdi
O‘zbekiston TIV Kobuldagi teraktlar yuzasidan bayonot berdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kobuldagi teraktlar yuzasidan bayonot berdi. 28.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-28T10:33+0500
2021-08-28T10:33+0500
2021-08-28T10:33+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
o‘zbekiston
o‘zbekiston tiv
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1a/20259764_0:203:2921:1846_1920x0_80_0_0_03247c9109bde1f241a8a4b80475395f.jpg
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kobuldagi teraktlar yuzasidan bayonot berdi.“O‘zbekiston Kobul shahrida sodir etilgan va ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan terroristik xurujlarni qat’iyan qoralaydi.Afg‘onistondagi barcha tomonlarni milliy yarashuv va kelishuvga erishish, ko‘p millatli Afg‘oniston xalqi manfaatlari yo‘lida mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish maqsadida bosiqlik va konstruktiv yondoshuv namoyon etishga chorlaymiz.Ushbu shafqatsiz hujumlarda qurbon bo‘lganlar va jabr ko‘rganlarning oilalariga samimiy hamdardlik izhor etamiz.O‘zbekiston bundan keyin ham afg‘onlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, Afg‘onistonda tinchlik-osoyishtalik va farovonlikka erishishda keng ko‘lamli yordam ko‘rsatishda davom etadi”, - deyilgan TIV bayonotida.26 avgust, payshanba kuni Kobul hududida portlashlar yuz berdi, OAV malumotlariga ko‘ra, 170 nafardan ortiq kishi, shu jumladan AQSh harbiylari qurbon bo‘ldi. Hujum uchun javobgarlikni “IShID” (Rossiyada taqiqlagan terrorchilik tashkiloti) terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.
https://oz.sputniknews.uz/20210827/kobuldagi-portlashlar-oqibatida-mingdan-ortiq-kishi-jarohatlandi-20264692.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1a/20259764_95:0:2826:2048_1920x0_80_0_0_d4758f88fa15cfccb496a349a7610c8f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, o‘zbekiston, o‘zbekiston tiv, afg‘oniston
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, o‘zbekiston, o‘zbekiston tiv, afg‘oniston
O‘zbekiston TIV Kobuldagi teraktlar yuzasidan bayonot berdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kobuldagi teraktlar yuzasidan bayonot berdi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kobuldagi teraktlar yuzasidan bayonot berdi.
“O‘zbekiston Kobul shahrida sodir etilgan va ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan terroristik xurujlarni qat’iyan qoralaydi.
Afg‘onistondagi barcha tomonlarni milliy yarashuv va kelishuvga erishish, ko‘p millatli Afg‘oniston xalqi manfaatlari yo‘lida mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish maqsadida bosiqlik va konstruktiv yondoshuv namoyon etishga chorlaymiz.
Ushbu shafqatsiz hujumlarda qurbon bo‘lganlar va jabr ko‘rganlarning oilalariga samimiy hamdardlik izhor etamiz.
O‘zbekiston bundan keyin ham afg‘onlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, Afg‘onistonda tinchlik-osoyishtalik va farovonlikka erishishda keng ko‘lamli yordam ko‘rsatishda davom etadi”, - deyilgan TIV bayonotida.
26 avgust, payshanba kuni Kobul hududida portlashlar yuz berdi, OAV malumotlariga ko‘ra, 170 nafardan ortiq kishi, shu jumladan AQSh harbiylari qurbon bo‘ldi. Hujum uchun javobgarlikni “IShID” (Rossiyada taqiqlagan terrorchilik tashkiloti) terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.