https://oz.sputniknews.uz/20210828/ozbekiston-engil-atletikadan-2ta-oltin-va-1ta-bronza-medalni-qolga-kiritdi-20273065.html
O‘zbekiston yengil atletikadan 2ta oltin va 1ta bronza medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston yengil atletikadan 2ta oltin va 1ta bronza medalni qo‘lga kiritdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yengil atletikadan 2ta oltin va 1ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. 28.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-28T11:28+0500
2021-08-28T11:28+0500
2023-04-05T15:48+0500
o‘zbekiston tokio-2020 xvi yozgi paralimpiya o‘yinlarida
o‘zbekiston
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/02/19922232_0:141:3138:1906_1920x0_80_0_0_9a10ee4db72182f3054229441484c4e9.jpg
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Tokioda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari yengil atletikadan 2ta oltin va 1ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.Para yengil atletikaning nayza uloqtirish turida F13 klassida o‘zbekistonlik Nozima Qayumova 42,59 metr natija bilan birinchi bo‘ldi va ikki karra Paralimpiya chempioniga aylandi. Nozima Rio-2016da ham oltin medalni qo‘lga kiritgandi.Disk uloqtirish sport turida F57 klassida Mohigul Hamdamova ham chempion bo‘ldi. U 31,46 metr natija bilan 1-o‘rinni egalladi.Erkaklar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha finalda qatnashgan Elbek Sultonov esa 15,94 metr natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 6taga (3ta oltin, 1ta kumush, 2ta bronza) yetdi. Bungacha para suzuvchi Islombek Aslanov bronza, uzunlikka sakrashda Asila Mirzayorova kumush, dzudochi Uchqun Quronboyev oltin medalni qo‘lga kiritgandi.O‘zbekiston umumjamoa hisobida 12-o‘ringa ko‘tarildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/02/19922232_205:0:2934:2047_1920x0_80_0_0_6fc4c18e1a65e0761d1d87fc8d37542c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tokio-2020 xvi yozgi paralimpiya o‘yinlarida, o‘zbekiston, sport
o‘zbekiston tokio-2020 xvi yozgi paralimpiya o‘yinlarida, o‘zbekiston, sport
O‘zbekiston yengil atletikadan 2ta oltin va 1ta bronza medalni qo‘lga kiritdi
11:28 28.08.2021 (yangilandi: 15:48 05.04.2023) O‘zbekiston yengil atletikadan 2ta oltin va 1ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Tokioda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari yengil atletikadan 2ta oltin va 1ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Para yengil atletikaning nayza uloqtirish turida F13 klassida o‘zbekistonlik Nozima Qayumova 42,59 metr natija bilan birinchi bo‘ldi va ikki karra Paralimpiya chempioniga aylandi. Nozima Rio-2016da ham oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Disk uloqtirish sport turida F57 klassida Mohigul Hamdamova ham chempion bo‘ldi. U 31,46 metr natija bilan 1-o‘rinni egalladi.
Erkaklar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha finalda qatnashgan Elbek Sultonov esa 15,94 metr natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 6taga (3ta oltin, 1ta kumush, 2ta bronza) yetdi. Bungacha para suzuvchi Islombek Aslanov bronza, uzunlikka sakrashda Asila Mirzayorova kumush, dzudochi Uchqun Quronboyev oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
O‘zbekiston umumjamoa hisobida 12-o‘ringa ko‘tarildi.