O‘zbekistonda endi hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar 6 oygacha qamalishi mumkin

CC0 / Unsplash / Jametlene Reskp / Shenki. Illyustrativnoe foto
Shenki. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
Obuna bo‘lish
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish uchun javobgarlik kuchaytirildi.
TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksida bir nechta yangi jinoiy javobgarlik turlari belgilandi.
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning o‘limiga yoki mayib bo‘lishiga olib kelsa, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa – 12 mln 250 ming so‘m jarimadan 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo choralari qo‘llanilishi belgilandi.
Shuningdek, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadida tayyorlash yoxud qayta ishlash uchun asbob-uskunalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish, jo‘natish yoki o‘tkazish 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Vistavka kotat KoShariki Shou - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2020
Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
Avvalroq O‘zbekiston Bosh prokuraturasi hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarni jinoiy javobgarlikka tortishni taklif etgan edi.
Yangiliklar lentasi
0