https://oz.sputniknews.uz/20210826/kobul-aeroportida-italiya-harbiy-samolyoti-oqqa-tutildi-20258238.html
Kobul aeroportida Italiya harbiy samolyoti o‘qqa tutildi
Kobul aeroportida Italiya harbiy samolyoti o‘qqa tutildi
Sputnik O‘zbekiston
Kobul aeroportida Italiya havo kuchlariga tegishli samolyot o‘qqa tutildi - OAV 26.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-26T18:06+0500
2021-08-26T18:06+0500
2021-08-26T18:49+0500
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi
italiya
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1a/20246652_0:107:2048:1259_1920x0_80_0_0_765d27650feebc5887b67451e4b48a8a.jpg
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Kobul aeroportida Afg‘onistondan fuqarolarni evakuatsiya qilishda ishtirok etayotgan Italiya havo kuchlari samolyotlari o‘qqa tutildi, deb xabar qildi Agi agentligi harbiy manbalariga asosan.Samolyotda jurnalistlar va 98 nafar fuqaro bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, C-130J aeroportdan uchib chiqqach darhol og‘ir avtomatik qurollardan o‘qqa tutildi. Agentlik qayd etishicha, otishma aeroport tashqarisidan yoki yaqin tepalikdan amalga oshirilgan.Yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan hech kim yaralanmadi.Samolyot qo‘mondoni favqulodda manevr qildi. Samolyot Kuvaytga yo‘l oldi, u yerdan yo‘lovchilar boshqa samolyotda Italiyaga uchadi.Keyinchalik Corriere della Sera nashri "Italiya razvedkasi Kobul aeroportida Italiya harbiy samolyotiga emas, balki aeroport hududiga kirishga urinayotgan olomonni haydash uchun o‘q otilgan", - deb xabar qildi.Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Qobul aeroportida yaqin soatlarda terakt yuz beradi, deya ogohlantirgandi."Britaniya hukumati bir necha soat ichida Qobul aeroportida terakt yuz berishini kutmoqda. Bir hafta ichida razvedka aeroportga uyushtirilayotgan hujum muqarrarligiga ishonch hosil qildi", - deb bayonot berdi Birlashgan qirollik Qurolli kuchlari vaziri Jeyms Xeppi.
https://oz.sputniknews.uz/20210824/afgonistonda-ukraina-samolyoti-olib-qochildi-20212116.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1a/20246652_114:0:1934:1365_1920x0_80_0_0_be1030db61e572447ebe9fa96fe45a5c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, italiya, afg‘oniston
afg‘onistonda vaziyat keskinlashuvi, italiya, afg‘oniston
Kobul aeroportida Italiya harbiy samolyoti o‘qqa tutildi
18:06 26.08.2021 (yangilandi: 18:49 26.08.2021) Kobul aeroportida Italiya havo kuchlariga tegishli samolyot o‘qqa tutildi - OAV
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Kobul aeroportida Afg‘onistondan fuqarolarni evakuatsiya qilishda ishtirok etayotgan Italiya havo kuchlari samolyotlari o‘qqa tutildi, deb xabar qildi
Agi agentligi harbiy manbalariga asosan.
Samolyotda jurnalistlar va 98 nafar fuqaro bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, C-130J aeroportdan uchib chiqqach darhol og‘ir avtomatik qurollardan o‘qqa tutildi. Agentlik qayd etishicha, otishma aeroport tashqarisidan yoki yaqin tepalikdan amalga oshirilgan.
Yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan hech kim yaralanmadi.
Samolyot qo‘mondoni favqulodda manevr qildi. Samolyot Kuvaytga yo‘l oldi, u yerdan yo‘lovchilar boshqa samolyotda Italiyaga uchadi.
Keyinchalik Corriere della Sera nashri "Italiya razvedkasi Kobul aeroportida Italiya harbiy samolyotiga emas, balki aeroport hududiga kirishga urinayotgan olomonni haydash uchun o‘q otilgan", - deb xabar qildi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Qobul aeroportida yaqin soatlarda terakt yuz beradi, deya ogohlantirgandi.
"Britaniya hukumati bir necha soat ichida Qobul aeroportida terakt yuz berishini kutmoqda. Bir hafta ichida razvedka aeroportga uyushtirilayotgan hujum muqarrarligiga ishonch hosil qildi", - deb bayonot berdi Birlashgan qirollik Qurolli kuchlari vaziri Jeyms Xeppi.