https://oz.sputniknews.uz/20210826/armi-2021-ozbekiston-harbiylari-taom-tayyorlash-tanlovi-ilk-bosqichida-yuqori-baholandi-20248870.html
ArMI-2021: O‘zbekiston harbiylari “Dala oshxonasi” tanlovi ilk bosqichida yuqori baholandi
ArMI-2021: O‘zbekiston harbiylari “Dala oshxonasi” tanlovi ilk bosqichida yuqori baholandi
Sputnik O‘zbekiston
Hakamlar hay’ati O‘zbekiston harbiylari tayyorlagan taomlarini yuqori baholadi. 26.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-26T12:38+0500
2021-08-26T12:38+0500
2021-08-26T13:06+0500
"armi-2021" - o‘zbekiston ishtiroki
armiya
harbiylar
mudofaa vazirligi
o‘zbekiston armiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1a/20250049_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_fc69dbb6da66bd1b1bfb3d05c1ec4d97.jpg
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. “Forish” tog‘ poligonida ArMI-2021 xalqaro armiya o‘yinlari davom etmoqda.O‘zbekiston jamoasi dasturdan o‘rin olgan “Dala oshxonasi” musobaqasining “Taom tayyorlash” sharti ilk bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.Bu bosqich “Berilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan erkin taom tayyorlash” deb nomlanadi. Unda jamoalar mavjud masalliqlardan 4 soat davomida tovuq va mol go‘shtidan taom, gazak va sharbat tayyorlash mahoratini namoyish etishdi. Bu jarayonda harbiy oshpazlarning 20 kishiga mo‘ljallangan taom pishirishi, gigiyena qoidalariga rioya etishi, taomning ko‘rinishi, ta’mi va hidi, bezatilishi kabi jihatlarga e’tibor qaratildi.Yakunda jamoalarning tayyorlagan taomlari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, quyidagi natijalar qayd etildi: O‘zbekiston - 188 ball, Rossiya - 176 ball, Belarus - 151 ball, Tojikiston - 139 ball, Vyetnam - 137 ball.Bugun jamoalar baliq mahsulotlaridan taom tayyorlash bo‘yicha bellashadilar.
https://oz.sputniknews.uz/20210825/armi-ozbek-tankchilari-yakka-poygada-yana-uchinchi-orinda-20235099.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1a/20250049_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_98d11835257c8609bb6d2d7fe59e25f7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
"armi-2021" - o‘zbekiston ishtiroki, armiya, harbiylar, mudofaa vazirligi, o‘zbekiston armiyasi
"armi-2021" - o‘zbekiston ishtiroki, armiya, harbiylar, mudofaa vazirligi, o‘zbekiston armiyasi
ArMI-2021: O‘zbekiston harbiylari “Dala oshxonasi” tanlovi ilk bosqichida yuqori baholandi
12:38 26.08.2021 (yangilandi: 13:06 26.08.2021) Hakamlar hay’ati O‘zbekiston harbiylari tayyorlagan taomlarini yuqori baholadi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. “Forish” tog‘ poligonida ArMI-2021 xalqaro armiya o‘yinlari davom etmoqda.
O‘zbekiston jamoasi dasturdan o‘rin olgan “Dala oshxonasi” musobaqasining “Taom tayyorlash” sharti ilk bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.
Bu bosqich “Berilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan erkin taom tayyorlash” deb nomlanadi. Unda jamoalar mavjud masalliqlardan 4 soat davomida tovuq va mol go‘shtidan taom, gazak va sharbat tayyorlash mahoratini namoyish etishdi. Bu jarayonda harbiy oshpazlarning 20 kishiga mo‘ljallangan taom pishirishi, gigiyena qoidalariga rioya etishi, taomning ko‘rinishi, ta’mi va hidi, bezatilishi kabi jihatlarga e’tibor qaratildi.
Yakunda jamoalarning tayyorlagan taomlari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, quyidagi natijalar qayd etildi: O‘zbekiston - 188 ball, Rossiya - 176 ball, Belarus - 151 ball, Tojikiston - 139 ball, Vyetnam - 137 ball.
Bugun jamoalar baliq mahsulotlaridan taom tayyorlash bo‘yicha bellashadilar.