Paralimpiada 2020: uch nafar o‘zbekistonlik suzuvchi finalga yo‘l oldi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishOlimpiada-2020. Plavanie.
Olimpiada-2020. Plavanie.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2021
Obuna bo‘lish
Islom Aslanov, Muzaffar Tursunxo‘jayev va Shohsanamxon Toshpo‘latova “batterflyay” usulida suzish bo‘yicha finalga chiqdi.
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Tokioda XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari rasman boshlandi. Musobaqalarning ilk kunida besh nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarga kirishdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda.
Erkaklar o‘rtasida 100 metrga “batterflyay” usulida suzish bo‘yicha S13 klassda Muzaffar Tursunxo‘jayev va Islom Aslanov, ayollar o‘rtasida 100 metrga “batterflyay” usulida suzish bo‘yicha S13 klassda Shohsanamxon Toshpo‘latova, Nigoraxon Mirzohidova hamda Muslima Odilova saralash bahsida qatnashdi.
Islom Aslanov 57.29 soniya vaqt bilan 1-o‘rinni egalladi. 57.73 soniya vaqt sarflagan yana bir o‘zbekistonlik sportchi Muzaffar Tursunxo‘jayev 3-o‘rinni egalladi. Shu tariqa ikkala O‘zbekiston vakili ham final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Paralimpiyskie igri 2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Paralimpiada-2020 : O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi sportchilar ro‘yxati
Ayollar o‘rtasidagi bahslarda Shohsanamxon Toshpo‘latova 1 daqiqa 6.24 soniya vaqt bilan 1-o‘rinni egallagan holda final yo‘llanmasini naqd qildi.
Afsuski, Nigoraxon Mirzohidova hamda Muslima Odilova saralashdan o‘ta olmadi.
Final bahslari bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:32 da boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0