https://oz.sputniknews.uz/20210825/ozbekistondan-91-nafar-fuqaro-ishlash-uchun-rossiyaga-jonab-ketdi-20229903.html
O‘zbekistondan 91 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi
O‘zbekistondan 91 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi
Sputnik O‘zbekiston
50 kishi Vladivastokka, 9 kishi Moskvaga va 32 kishi Chelyabinskka ishlash uchun jo‘nab ketdi. 25.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-25T11:36+0500
2021-08-25T11:36+0500
2023-04-05T18:34+0500
migratsiya
migrantlar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/19/20229851_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f388f84fc2b273ea6f92ee4c24b626d9.jpg
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. O‘zbekistondan 91 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga jo‘natildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, agentlik hamda Rossiyaning Vladivostok viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan "Russkiy mintay" MChJ o‘rtasida dengiz maxsulotlarini qayta ishlash uchun bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbeksiton fuqarolarini ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.Unga asosan, tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning 50 nafari belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilgan. Migrantlar Farg‘ona xalqaro aeroporti orqali Vladivastokka jo‘nab ketgan. Yo‘l va turar joy xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplangan.Shuningdek, agentlik va Rossiyaning "MobiStaff" korxonasi o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan 9 nafar fuqaro Toshkent Moskva yo‘nalishidagi aviareys orqali jo‘nab ketgan.Bundan tashqari, "Promekskavatsiya" korxonasi o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan 32 nafar fuqaro Buxoro–Chelyabinsk yo‘nalishidagi aviareys orqali ishlash uchun tashkiliy tartibda Rossiyaga jo‘natilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210821/qirq-nafar-fuqaro-ishlash-uchun-rossiyaga-jonab-ketdi-20178481.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/19/20229851_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_e1e4195da46497087f90ece79aed213e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, rossiya
migratsiya, migrantlar, rossiya
O‘zbekistondan 91 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi
11:36 25.08.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) 50 kishi Vladivastokka, 9 kishi Moskvaga va 32 kishi Chelyabinskka ishlash uchun jo‘nab ketdi.
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. O‘zbekistondan 91 nafar fuqaro ishlash uchun Rossiyaga jo‘natildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, agentlik hamda Rossiyaning Vladivostok viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan "Russkiy mintay" MChJ o‘rtasida dengiz maxsulotlarini qayta ishlash uchun bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbeksiton fuqarolarini ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Unga asosan, tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarning 50 nafari belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilgan. Migrantlar Farg‘ona xalqaro aeroporti orqali Vladivastokka jo‘nab ketgan. Yo‘l va turar joy xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplangan.
Shuningdek, agentlik va Rossiyaning "MobiStaff" korxonasi o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan 9 nafar fuqaro Toshkent Moskva yo‘nalishidagi aviareys orqali jo‘nab ketgan.
Bundan tashqari, "Promekskavatsiya" korxonasi o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan 32 nafar fuqaro Buxoro–Chelyabinsk yo‘nalishidagi aviareys orqali ishlash uchun tashkiliy tartibda Rossiyaga jo‘natilgan.