https://oz.sputniknews.uz/20210825/mirziyoev-va-pokiston-tiv-rahbari-afgonistondagi-vaziyatni-muhokama-qildi-20240825.html
Mirziyoyev va Pokiston TIV rahbari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
Mirziyoyev va Pokiston TIV rahbari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiyni qabul qildi. 25.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-25T20:06+0500
2021-08-25T20:06+0500
2021-08-25T20:06+0500
siyosat
o‘zbekiston
pokiston
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/19/20240796_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_b5173f33b8686d233adeae445b313f2c.jpg
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiyni qabul qildi.Davlat rahbari O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.Iyul oyida Toshkent shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar strategik sheriklik prinsiplariga asoslangan ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqchini boshlab berdi.Tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiy Pokiston Bosh vaziri Imron Xonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda O‘zbekiston yetakchisiga mintaqada barqarorlik va ravnaqni ta’minlash borasidagi faol sa’y-harakatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.Afg‘onistondagi vaziyat rivojiga alohida e’tibor qaratildi. Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash jihatlari yuzasidan yaqin idoralararo aloqalar va almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.Shuningdek, “Termiz – Mozori Sharif – Kobul - Peshovar” termil yo‘lini qurish loyihasini birgalikda yanada ilgari surishga intilish qat’iy ekanligi tasdiqlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20210716/aqsh-ozbekiston-afgoniston-pokiston-yangi-maslahatlashuvlar-platformasi-19714754.html
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/19/20240796_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_2933144abeac26b685f7d10d4ea64818.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, pokiston, afg‘oniston
siyosat, o‘zbekiston, pokiston, afg‘oniston
Mirziyoyev va Pokiston TIV rahbari Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiyni qabul qildi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiyni qabul qildi.
Davlat rahbari O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Iyul oyida Toshkent shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar strategik sheriklik prinsiplariga asoslangan ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqchini boshlab berdi.
Tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiy Pokiston Bosh vaziri Imron Xonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda O‘zbekiston yetakchisiga mintaqada barqarorlik va ravnaqni ta’minlash borasidagi faol sa’y-harakatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Afg‘onistondagi vaziyat rivojiga alohida e’tibor qaratildi. Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash jihatlari yuzasidan yaqin idoralararo aloqalar va almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, “Termiz – Mozori Sharif – Kobul - Peshovar” termil yo‘lini qurish loyihasini birgalikda yanada ilgari surishga intilish qat’iy ekanligi tasdiqlandi.