Birinchi yarim yillikda qaysi sohalar eng ko‘p budjet mablag‘larini o‘zlashtirgan

© Pexels / KuncheekMujchina schitayet dengi
Mujchina schitayet dengi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2021
Obuna bo‘lish
2021 yil birinchi yarim yillikda o‘tkazilgan 3 480ta nazorat tadbirlarida 372,7 mlrd so‘m miqdorida budjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlandi.
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. O‘zbekiston Moliya vazirligi 2021-yil birinchi yarim yilligida davlat tashkilotlarida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida aniqlangan moliyaviy moliyaviy qonunbuzilishlar haqida ma’lumot berdi.
Nazorat tadbirlarida 372,7 mlrd so‘m miqdorida budjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlangan.
Hisobot davrida budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha aniqlangan moliyaviy qonunbuzilish holatlari 120,1 mlrd so‘mni, shundan naqd pul mablag‘larini o‘zlashtirish va kamomadlarga yo‘l qo‘yish holatlari 25,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Vazirliklar va tashkilotlar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari:
Xalq ta’limi vazirligi - 65,2 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilishi, bu 2020-yilning mos davriga (21,5 mlrd so‘m) nisbatan 3-martaga ko‘proq;
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi - 59,3 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilishi (2020 yilning birinchi yarim yilida 981 mln so‘m);
Maktabgacha ta’lim vazirligi - 59,2 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilishi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 martaga ko‘proq (7 mlrd so‘m);
Sog‘liqni saqlash vazirligi - 41,7 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilishi, bu 2020-yilning mos davriga nisbatan 2,9 martaga ko‘proq (14,1 mlrd so‘m).
Jumladan, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi 24,1 mlrd so‘m, Suv xo‘jaligida (6,8 mlrd so‘m), Jismoniy tarbiya va sport (6,4 mlrd so‘m), Oliy va o‘rta maxsus ta’limi (5,2 mlrd so‘m), Bandlik va mehnat munosabatlari (4,5 mlrd so‘m), Qishloq xo‘jaligi (4,2 mlrd so‘m), Mudofaa (3,2 mlrd so‘m), Madaniyat (2,6 mlrd so‘m) vazirliklari hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish (4,7 mlrd so‘m), O‘rmon xo‘jaligi (4,4 mlrd so‘m), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish (3,1 mlrd so‘m) davlat qo‘mitalari va ular tizimidagi budjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Bundan tashqari, hokimliklar (5 mlrd so‘m), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (5,6 mlrd so‘m), hokimliklar huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyalari (55,8 mlrd so‘m)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.
Moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan hududlar qo‘yidagicha:
Sirdaryo (52,8 mlrd so‘m)
Andijon (33,2 mlrd so‘m)
Jizzax (28,3 mlrd so‘m)
Toshkent (24,1 mlrd so‘m)
Farg‘ona (19,6 mlrd so‘m)
Surxondaryo (18,6 mlrd so‘m)
Qashqadaryo (15,6 mlrd so‘m)
Samarqand (15,5 mlrd so‘m)
Buxoro (11 mlrd so‘m)
Namangan (10,4 mlrd so‘m)
Xorazm (8,7 mlrd so‘m)
Navoiy (2,1 mlrd so‘m)
Toshkent shahrida (21,1 mlrd so‘m)
Qoraqalpog‘iston Respublikasida (29,1 mlrd so‘m).
Budjet qonunchiligini buzganligi uchun budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 12 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslariga ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar tuzilib, ko‘rib chiqish uchun ma’muriy sudlarga yuborilgan.
Bundan tashqari, 2 696ta nazorat tadbirlarida aniqlangan 369,9 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0