https://oz.sputniknews.uz/20210824/xitoy-marsoxodi-mars-boylab-bir-kilometrdan-oshiq-yurib-qoydi-20208801.html
Xitoy marsoxodi Mars bo‘ylab bir kilometrdan oshiq yurib qo‘ydi
Xitoy marsoxodi Mars bo‘ylab bir kilometrdan oshiq yurib qo‘ydi
Sputnik O‘zbekiston
Missiyaning bosh maqsadi – sayyorada hayot alomatlarini topish, shuningdek, kelajakda yerliklar Marsda yashay olishlari mumkin-mumkinmasligiga aniqlik kiritishdan iborat. 24.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-24T10:17+0500
2021-08-24T10:17+0500
2021-08-24T10:17+0500
dunyoda
mars
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/1c/16090952_0:152:1280:872_1920x0_80_0_0_edb91feae89e575fe01d863a8a009866.jpg
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Xitoyning "Chjujun" apparati Mars sathi bo‘ylab bir kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi, deb xabar qildi XXR Markaziy televideniyesi.Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, marsoxod Qizil sayyora landshaftining o‘ziga xosliklari, uning tuprog‘i va ob-havosi haqida ma’lumot to‘plagan.Xitoyning Marsni tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan "Tanven-1" apparati o‘tgan yilning 23-iyulida Xaynan orolida joylashgan kosmodromdan uchirilgan edi. "Chjujun" marsoxodi 15-may kuni Marsning janubiy qismidagi Utopiya nomli yalangligida qo‘ndi.Missiyaning bosh maqsadi – sayyorada hayot alomatlarini topish, shuningdek, kelajakda yerliklar Marsda yashay olishlari mumkin-mumkinmasligiga aniqlik kiritish.Eslatib o‘tamiz, hozirda Marsda NASAning Curiosity (2012-yilning avgustida qo‘ngan) va Perseverance (2021-yilning fevrali) marsoxodlari mavjud. Apparatlar chuqur geologik va geokimoviy tadqiqotlarni o‘tkaziB atmosferani o‘rganishmoqda, suv va organikani izlash bilan shug‘ullanib, sayyora sathini suratga tushirish bilan shug‘ullanmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20160124/1624172.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/1c/16090952_0:32:1280:992_1920x0_80_0_0_9ab6b8a7bf11677983305932a8fd48c8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, mars
Xitoy marsoxodi Mars bo‘ylab bir kilometrdan oshiq yurib qo‘ydi
Missiyaning bosh maqsadi – sayyorada hayot alomatlarini topish, shuningdek, kelajakda yerliklar Marsda yashay olishlari mumkin-mumkinmasligiga aniqlik kiritishdan iborat.
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Xitoyning "Chjujun" apparati Mars sathi bo‘ylab bir kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi, deb xabar qildi XXR Markaziy televideniyesi.
Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, marsoxod Qizil sayyora landshaftining o‘ziga xosliklari, uning tuprog‘i va ob-havosi haqida ma’lumot to‘plagan.
Xitoyning Marsni tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan "Tanven-1" apparati o‘tgan yilning 23-iyulida Xaynan orolida joylashgan kosmodromdan uchirilgan edi. "Chjujun" marsoxodi 15-may kuni Marsning janubiy qismidagi Utopiya nomli yalangligida qo‘ndi.
Missiyaning bosh maqsadi – sayyorada hayot alomatlarini topish, shuningdek, kelajakda yerliklar Marsda yashay olishlari mumkin-mumkinmasligiga aniqlik kiritish.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Marsda NASAning Curiosity (2012-yilning avgustida qo‘ngan) va Perseverance (2021-yilning fevrali) marsoxodlari mavjud. Apparatlar chuqur geologik va geokimoviy tadqiqotlarni o‘tkaziB atmosferani o‘rganishmoqda, suv va organikani izlash bilan shug‘ullanib, sayyora sathini suratga tushirish bilan shug‘ullanmoqda.