https://oz.sputniknews.uz/20210824/qarshilik-erkak-dostining-koziga-topponchadan-oq-uzdi-20219114.html
Qarshilik erkak do‘stining ko‘ziga to‘pponchadan o‘q uzdi
Qarshilik erkak do‘stining ko‘ziga to‘pponchadan o‘q uzdi
Sputnik O‘zbekiston
Cho‘milish davomida ikki do‘st o‘zaro tortishib qolgan va I.B. yonidagi pnevmatik to‘pponcha bilan suvga tushgan V.F.ning ko‘z sohasiga bir marotaba o‘q uzgan. 24.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-24T16:51+0500
2021-08-24T16:51+0500
2021-08-24T16:51+0500
hodisalar
jinoyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/1c/16092355_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_20867c971275cd7addb3650828e48983.jpg
TOShKENT, 24 avg - Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida ko‘lga cho‘milgani borgan erkak do‘stining ko‘ziga to‘pponchadan o‘q uzib, og‘ir tan jarohati yetkazdi.Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.Xabarda aytilishicha, 10-avgust kuni kunduzi I.B. ismli shaxs tanishi V.F. bilan Nishon tumani Nuriston shaharchasidagi ko‘lga cho‘milishga borgan. Cho‘milish davomida ikki do‘st o‘zaro tortishib qolgan va I.B. yonidagi pnevmatik to‘pponcha bilan suvga tushgan V.F.ning ko‘z sohasiga bir marotaba o‘q uzgan.Shundan so‘ng V.F. Qashqadaryo viloyati Ko‘z kasalliklari shifoxonasiga o‘z ehtiyotsizligi oqibatida jarohat olganini ma’lum qilib, tibbiy yordam so‘rab borgan, biroq holat bo‘yicha IIBga murojaat qilmagan.Viloyat Ko‘z kasalliklari shifoxonasining yo‘llanmasi bilan Toshkent shahriga kelgan V.F.ni Respublika Ko‘z kasalliklari klinikasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifoxona ma’muriyati holat yuzasidan ichki ishlar organlariga xabar bergan.Ushbu xabar yuzasidan to‘plangan hujjatlar Qarshi tumani IIBda qayd etilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20191102/Dstini-ayno-suvli-ududan-utargan-bola-medal-bilan-tadirlandi-12723754.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/1c/16092355_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_67bfc33e0e76a329d5d4cb8f526f2367.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , jinoyat
Qarshilik erkak do‘stining ko‘ziga to‘pponchadan o‘q uzdi
Cho‘milish davomida ikki do‘st o‘zaro tortishib qolgan va I.B. yonidagi pnevmatik to‘pponcha bilan suvga tushgan V.F.ning ko‘z sohasiga bir marotaba o‘q uzgan.
TOShKENT, 24 avg - Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida ko‘lga cho‘milgani borgan erkak do‘stining ko‘ziga to‘pponchadan o‘q uzib, og‘ir tan jarohati yetkazdi.
Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, 10-avgust kuni kunduzi I.B. ismli shaxs tanishi V.F. bilan Nishon tumani Nuriston shaharchasidagi ko‘lga cho‘milishga borgan.
Cho‘milish davomida ikki do‘st o‘zaro tortishib qolgan va I.B. yonidagi pnevmatik to‘pponcha bilan suvga tushgan V.F.ning ko‘z sohasiga bir marotaba o‘q uzgan.
Shundan so‘ng V.F. Qashqadaryo viloyati Ko‘z kasalliklari shifoxonasiga o‘z ehtiyotsizligi oqibatida jarohat olganini ma’lum qilib, tibbiy yordam so‘rab borgan, biroq holat bo‘yicha IIBga murojaat qilmagan.
Viloyat Ko‘z kasalliklari shifoxonasining yo‘llanmasi bilan Toshkent shahriga kelgan V.F.ni Respublika Ko‘z kasalliklari klinikasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifoxona ma’muriyati holat yuzasidan ichki ishlar organlariga xabar bergan.
Ushbu xabar yuzasidan to‘plangan hujjatlar Qarshi tumani IIBda qayd etilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.