https://oz.sputniknews.uz/20210824/prezident-ekoqomita-raisini-ishdan-boshatdi-20218950.html
Prezident Ekoqo‘mita raisini ishdan bo‘shatdi
Prezident Ekoqo‘mita raisini ishdan bo‘shatdi
Sputnik O‘zbekiston
Alisher Maqsudov 2020-yil noyabrida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi sifatida ish boshlagan edi. 24.08.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-08-24T16:31+0500
2021-08-24T16:31+0500
2021-08-24T16:31+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
ishdan ketdi
o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/18/20218864_0:111:1280:831_1920x0_80_0_0_948ccdc86f567766fca90218f63f0bc3.jpg
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda.Ta’kidlanishicha, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi keskin tanqidiy ruhda o‘tmoqda.U 2020-yil noyabrida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi sifatida ish boshlagan edi.Alisher Maqsudov 1974-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.2017 yildan Ekoqo‘mita raisi lavozimiga tayinlangunga qadar "O‘zpaxtasanoat" AJ boshqaruvi raisi lavozimida mehnat qilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/18/20218864_63:0:1200:853_1920x0_80_0_0_deada3a56ed39d05d2ab0ee3454ca714.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, ishdan ketdi, o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
siyosat, shavkat mirziyoyev, ishdan ketdi, o‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
Prezident Ekoqo‘mita raisini ishdan bo‘shatdi
Alisher Maqsudov 2020-yil noyabrida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi sifatida ish boshlagan edi.
TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov
xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi keskin tanqidiy ruhda o‘tmoqda.
Alisher Maqsudov sohadagi tizimli muammolar hal qilinmagani va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun ishdan bo‘shatilgan.
U 2020-yil noyabrida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi sifatida ish boshlagan edi.
Alisher Maqsudov 1974-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
2017 yildan Ekoqo‘mita raisi lavozimiga tayinlangunga qadar "O‘zpaxtasanoat" AJ boshqaruvi raisi lavozimida mehnat qilgan.