Lavrov MO mamlakatlari o‘z hududida AQSh qo‘shinlarini qabul qilishni istamaydi, degan fikrda

© MID RFSergey Lavrov
Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Lavrov Markaziy Osiyoning na KXShTga a’zo davlatlari, na O‘zbekiston Afg‘onistondan chiqib ketgan amerika harbiylarini o‘z hududida joylashtirishdan manfaatdor emasligini qayd etgan edi.
TOShKENT, 24 avg - Sputnik. Rossiya Markaziy Osiyoning qaysidir mamlakati Afg‘onistonni tark etgan AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qabul qilib, nishonga aylanishdan manfaatdor ekaniga shubha qiladi, deya bayonot qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Agar siz Markaziy Osiyoning biror bir mamlakati yoki boshqa davlatlar amerikaliklar o‘z tashabbuslarini qoniqtirishlari uchun bunday nishonga aylanishdan manfaatdor deb o‘ylasangiz, meni bunga qattiq shubham bor", - dedi Lavrov matbuot anjumani davomida.
Uilyam Berns i Maykl Makfol posetili MID RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
OAV: Amerika MRB rahbari “Tolibon”* siyosiy ofisi yetakchisi bilan yashirincha uchrashdi
Ilgariroq Lavrov Markaziy Osiyoning na KXShTga a’zo davlatlari, na O‘zbekiston Afg‘onistondan chiqib ketgan amerika harbiylarini o‘z hududida joylashtirishdan manfaatdor emasligini qayd etgan edi.
AQSh vakillar palatasi razvedka qo‘mitasi rahbari Adam Shiff amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan evakuatsiyasi 31-avgust sanasiga qadar yakunlanishiga shubha bildirdi va ular missiyasi uzaytirilishi kerak, degan fikrni aytdi.
Amerika OAVlari AQSh prezidenti Jo Bayden seshanba kuni Afg‘onistondagi amerika qo‘shinlari 31-avgustdan keyin ham mamlakatda qoldirilishi haqida qaror qabul qilishini kutmoqda.
Bayden ilgariroq AQSh fuqarolarining hammasi olib chiqilmas ekan, harbiylar Qobulni tark etmaydi, deya va’da bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0